Nokia’ning yangi smartfoni FCC’da «qo‘lga tushdi»: sig‘imdor akkumulyator va «toza» Android!

  •   DiMaX
  •  1296
  •  08.05.2019 16:55

Nokia’ning yangi smartfoni FCC’da «qo‘lga tushdi»: sig‘imdor akkumulyator va «toza» Android!

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostidagi navbatdagi smartfonni tayyorlabdi. Uning nomi hozircha noma’lum, ammo AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida bu devays TA-1182 katalog raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘QING: Ana bo‘lmasam! Nokia 9 PureView’ni saqich qog‘ozi bilan buzib kirishdi!

FCC ma’lumotlar bazasidan aniqlanishicha, bu smartfon korpusi 161,2x76,2 millimetrlik o‘lchamga ega. Shundan kelib chiqsak, mazkur modelda diagonaliga 6,4 dyuymlik displey qo‘llangan. Ayrim manbalar uning Nokia 5.2 deb atalishini taxmin qilishmoqda.

Gadjetning e’tiborga loyiq jihati – akkumulyatorining tok sig‘imi 4000 mA/soatga teng. Nokia odatda bunaqa baquvvat batareyali smartfon chiqarmasdi, demak – qadrdon brend ixlosmandlariga bu model juda yoqishi tayin.

Esingizda bo‘lsa, HMD Global o‘tgan yili bu brend fanatlari uchun xushxabar e’lon qilgandi: unga ko‘ra, barcha Nokia smartfonlariga «toza» Android o‘rnatiladi. Ya’ni, ular operatsion tizim yangilanishlarini birinchilar qatorida qabul qilaveradi; yangi qurilma ham bundan mustasno emas.

O‘QING: Nokia X71 – kompaniyaning «teshik» ekranli va uchtalik kamerali ilk smartfoni Galaxy S10’ning yarim narxida sotuvga chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!