Nook Tablet 10.1 – atigi 130 dollarlik planshet taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  646
  •  06.11.2018 10:31

Nook Tablet 10.1 – atigi 130 dollarlik planshet taqdim etildi

Barnes & Noble kompaniyasi o‘zining yangi mahsuloti – Nook Tablet 10.1 planshetini rasman namoyish qildi. AQShda unga bor-yo‘g‘i 130 dollar miqdorida narx belgilangan.

O‘QING: Honor WaterPlay 8 – suvdan qo‘rqmas, qo‘sh kamerali, ammo arzon planshet ham tayyor!

Nook Tablet 10.1 planshetining ekrani, nomidan ham ko‘rinib turganidek, diagonaliga 10,1 dyuymni tashkil etadi. IPS matritsali ushbu displey 1920x1200 piksellik tasvir aniqligiga ega.

B&N ushbu mahsulotining protsessori haqida ma’lumot bermagan, shunga ko‘ra, uning qandaydir arzon chip ekanligi aniq. Lekin Nook Tablet 10.1 doimiy xotirasi 32 gigabaytlik ekanligi, yana microSD xotira kartasi uyachasi mavjudligi ma’lum. Planshetning avtonomligi, ya’ni bitta to‘la quvvat bilan ishlash vaqti 8,5 soatga teng bo‘lishi aytilgan. Qurilma har biri 2 megapiksellik ikkita kamera bilan jihozlangan.

Planshet o‘lchamlari 261,9x158x9,7 millimetrga teng. U Barnes & Noble kompaniyasining o‘z grafik qobig‘i ostidagi Android tizim boshqaruvi ostida ishlaydi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 1 039 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli planshetlarni onlayn usulda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda endi barcha smartfon va planshetlar IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olinadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!