OnePlus 7 5G-smartfonlarining biri bo‘ladi
OnePlus yaqinda dunyoning bir nechta bozoriga OnePlus 6 smartfonini chiqargan edi. Ta’kidlash joizki, gadjet tanqidchilar va auditoriya tomonidan yaxshi qarshi olindi. Shu yilning boshida kompaniya OnePlus 6T («oraliq fagmani») smartfoni qachonki, kompaniya zarur yangi texnologiyaga ega bo‘lsagina ishlab chiqarilishini ma’lum qilgandi. Biroq, endi kompaniyaning barcha sa’y-harakati faqat OnePlus 7 smartfoniga qaratilmoqda, chamasi. U eng birinchi 5G-smartfonlarning biriga aylanadi.
O‘QING: Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi
Hozirda Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan World World Congress Shanghai (MWCS) 2018 ko‘rgazmasida OnePlus bosh direktori Pit Lau kompaniya yanagi yil 5G-smartfonini chiqarayotganini ma’lum qildi. U OnePlus 7 smartfoni bo‘lishi kutilmoqda. Flagmanning boshqa imkoniyatlari haqida ma’lum qilinmagan. Ushbu xabar to‘lqinida hozirgi avlod gadjetlari tobora arzonlashib bormoqda.
Bunga sabab: OnePlus 7 eng birinchi 5G-smartfoni bo‘lishi ehtimolidir. Bu qurilma Qualcomm bilan hamkorlik natijasi bo‘ladi. Bundan tashqari, OnePlus smartfonlari OPPO va Vivo qurilmalarining ilg‘or funksiyalarini ko‘p bor o‘zlashtirib olishi bilan ham mashhurdir.
O‘QING: OnePlus 6’dan hamma hayratda: uch haftada millionta smartfon sotildi
Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, OnePlus 7 qirqmasiz, barmoq izlari skaneri hamda siljiydigan kameraga ega bo‘lgan romsiz ekran bilan ta’minlanadi.