OnePlus 7 yangi va «jonli» rasmlarda: 5G modulli, romsiz ekranli slayder!

  •   DiMaX
  •  1008
  •  14.01.2019 12:47

OnePlus 7 yangi va «jonli» rasmlarda: 5G modulli, romsiz ekranli slayder!

«Flagmanlar kushandalari»ni tayyorlovchi OnePlus kompaniyasining navbatdagi modeli juda boshqacha bo‘lishi kutilmoqda. Biz avvalroq uning «jonli» suratlarini e’lon qilgandik.

O‘QING: «To‘rtko‘z» OnePlus 7: sirli 5G-smartfonning ilk «jonli» rasmi va texnik xususiyatlari!

Xitoy saytlarida OnePlus 7 modelining yangi «jonli» rasmi ham tarqaldi – unda «kemtik» va «tirqish»dan xoli, mutlaqo romsiz ekranga ko‘zimiz tushadi:

Guvohi bo‘layotganingizdek, OnePlus 7 korpusining yuqori qismida so‘zlashuv dinamigi joylashgan.

O‘QING: VIDEO: 549 dollarlik OnePlus 6T tezkorroqmi yoki 749 dollarlik iPhone XR?

Shuningdek, mashhur insayder Ben Geskin ushbu flagmanning slayder form-faktoriga ega ekanini aytmoqda. U e’lon qilgan render suratlarda OnePlus 7 modelining ehtimoliy dizaynini ko‘rish mumkin:

Avvalroq tarqalgan xabarlarga qaraganda, OnePlus 7 eng kuchli – Snapdragon 855 protsessoriga, 10 gigabaytlik tezkor va 512 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Shuningdek, uning simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lishi, OnePlus 7 modifikatsiyalaridan biri 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi ham aytilgan.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!