OnePlus 9 Pro kamerasi Galaxy S21 Ultra’nikiga qarshi: «jonli» test videosi!

  •   DiMaX
  •  1155
  •  29.03.2021 07:31

OnePlus 9 Pro kamerasi Galaxy S21 Ultra’nikiga qarshi: «jonli» test videosi!

«Aslo qotmas» smartfonlar ijodkori 23 mart kuni OnePlus 9 turkumidagi flagmanlarini namoyish etgan. Ushbu lineyka 2021 yilning eng kutilayotgan 10 smartfoni ro‘yxatiga ham kirgan edi.

O‘QING: TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

OnePlus ushbu telefonlarining taqdimotida OnePlus 9 Pro kamerasini alohida ta’kidlab, uni ishlab chiqishga juda ko‘p vaqt va mablag‘ sarflaganini aytgan. Xo‘sh, «flagmanlar kushandasi» bu xarajatlarni oqlay oldimi?

PhoneArena mutaxassislari shu masalaga aniqlik kiritish maqsadida uning kamera imkoniyatlarini Samsung’ning eng so‘nggi va eng qudratli flagmani – Galaxy S21 Ultra bilan solishtirib ko‘rishdi. Test natijalarini ular video tarzida e’lon qilishdi:

Samsung flagmanida telekamera raqibidan ancha kuchli ekanligi oydinlashdi, hattoki OnePlus 9 Pro’dagi maqtalgan uch karralik zum orqali suratga olganda ham. Shuningdek, old kamera orqali video s’yomkasida ham dinamik diapazonda ulkan farqni ko‘rish mumkin – xitoyliklar vakili ancha orqada.

Oddiy sharoitlarda va yaxshi yoritilgan muhitda olingan suratlar sifatlari juda yaqin, farq asosan oq tus muvozanatida va ranglarning to‘yinganlik darajasida ko‘zga tashlanadi.

Biroq yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda tushirilgan rasmlar sifatlariga kelsak, Galaxy S21 Ultra katta farq bilan oldinga o‘tib ketadi. OnePlus 9 Pro esa bosh kamerasi yordamida video yozib olishda ustunlik ko‘rsatgan. Bundan tashqari, xitoylik flagmanning o‘ta keng burchakli kamerasi tunda olgan suratlar raqibinikidan yaxshiroq.

O‘QING: Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!