Opera Reborn 3: tezkor va bepul VPN, blokcheyn va kriptohamyonga ega ilk brauzerni o‘rnatib oling!

  •   DiMaX
  •  1091
  •  10.04.2019 12:12

Opera Reborn 3: tezkor va bepul VPN, blokcheyn va kriptohamyonga ega ilk brauzerni o‘rnatib oling!

O‘zidagi VPN funksiyasi hamda tezkorligi bilan tanilgan Opera brauzeri kompyuter va noutbuklar uchun chiqarilgan dasturining 60-versiyasini taqdim etdi. Kodli nomi Reborn 3 bo‘lgan ushbu ilova brauzerlar sohasida yangicha standartlarni boshlab kelgan.

O‘QING: Bepul VPN kerakmi? Endi Opera’ning o‘zi yetarli!

Opera Reborn 3 brauzeri butunlay qayta ishlangan dizaynga ega, uning asosiy vazifasi – foydalanuvchining e’tibor markaziga bevosita veb-kontentning o‘zini joylash. Dasturchilar mazkur brauzer interfeysidagi turli qismlarni ajratib turuvchi chiziqlarni olib tashlashgan – sahifalarni hech nimaaga chalg‘imasdan, chegarasiz holda ko‘rish mumkin.

Brauzerda ikki xil – yorqin va to‘qrang interfeys rejimi ko‘zda tutilgan. Qaysi sahifa ochiq bo‘lsa, o‘sha varaqa boshqalaridan yuqorida ko‘rsatiladi. «Oddiy sozlamalar» («Prostie nastroyki») hamda skrinshot oluvchi «Surat» («Snimok») funksiyasi manzil qatoriga ko‘chirilgan.

Oldingi versiyalaridagi singari, Opera Reborn 3 dasturida ham o‘ziga o‘rnatilgan VPN-servis mavjud. Ta’kidlanishicha, endi u yanada tezkor ishlaydigan bo‘lgan. Avvalgidek, mazkur xizmat butkul bepul va trafik ham cheklanmagan.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN va Proxy’dan foydalanganlik uchun jazo belgilandimi?

Opera Reborn 3 dasturi yangicha – Web 3 texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi birinchi ommaviy brauzer bo‘ldi. Ushbu atama kriptovalyuta, blokcheyn kabi zamonaviy internet imkoniyatlarini kengaytiruvchi tizimlarni anglatadi.

Ushbu brauzerdagi Web 3 funksiyalari dApps (detsentralizatsiyalangan ilovalar), Efir (Ethereum) blokcheynidagi ilovalarga kirish imkonini beradi. Dasturga joriy etilgan Crypto Wallet kriptohamyoni esa kriptovalyutani, shuningdek, tokenlarni va jamlash predmetlarini brauzerning o‘zida saqlash imkonini yaratgan.

Va nihoyat, eng muhim xususiyatlaridan biri – Opera Reborn 3 reklamalarni bepul va samarali cheklash xususiyatiga ega. Bu esa veb-sahifalar yuklanishini tezlashtirishdan tashqari, kompyuteringiz resurslarini va trafikni (o‘z-o‘zidan – mablag‘ni ham) tejash uchun juda muhim.

Kompyuteringiz (noutbukingiz) qaysi operatsion tizimda ishlashiga qarab, Opera Reborn 3 brauzerini kompaniyaning rasmiy sahifasi oxiridagi tegishli havola orqali o‘rnatib olishingiz mumkin.

O‘QING: Opera brauzeridagi bepul VPN’dan foydalanish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!