Oppo dunyodagi ilk - ham bukiluvchan, ham kamerasi korpusdan chiquvchi smartfonni patentladi! (+Render)

Oppo dunyodagi ilk - ham bukiluvchan, ham kamerasi korpusdan chiquvchi smartfonni patentladi! (+Render)

Oppo anchadan buyon buklanadigan smartfonlar ustida ishlamoqda, xususan Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasida ham shunday modelning ilk prototipini ko‘rsatgan edi. Bugun esa gollandiyalik manbaa kompaniyaning yana bir buklanuvchi modeli renderlarini e’lon qildi. Uning o‘ziga xosligi korpus ichidan chiquvchi kameraga egaligi bo‘lgan.

O‘QING: «Jonli» video: Oppo ham selfi-kamerasi displey ostiga yashirilgan smartfon tayyorladi!

Deyarli barcha buklamafonlar oddiy kameralarga ega bo‘layotgan bir vaqtda, birinchi bo‘lib korpus ichidan chiquvchi mexanizmga joylashgan kameraga ega bo‘lishi mumkin. Manbaaning yozishicha, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti(World Intellectual Property Organization, WIPO) ga topshirilgan patent arizasi ma’lumotlari asosida yangi qurilmaning dizaynini aks ettiruvchi bir nechta renderlar bilan to‘ldirilgan.

Смартфон Oppo с гибким экраном и выдвижной камерой позирует на рендерах

Korpusning buklana olish xususiyati ikkita kamera qo‘yishga xojat qoldirmaydi – smartfonni qaysi tarafga buklashdan qat’iy nazar, old tomonda o‘zingizni yoki suratga olish kerak bo‘lgan ob’yektni ko‘raverasiz. Ushbu holatda birgina kamera ham barchasini eplay oladi.

Смартфон Oppo с гибким экраном и выдвижной камерой позирует на рендерах

Afsuski, xozircha ushbu modelning qachon ishlab chiqarilishi aniq emas. Agar shu yili chiqqan taqdirda ham, kamida kuzgacha kutishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Ikkinchi urinish: Samsung Galaxy Fold ham Huawei Mate X bilan bir vaqtda sotuvga chiqadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!