Oppo old kameradan voz kechib, orqa panelida sensor ekranli smartfon yaratadi

  •   DiMaX
  •  968
  •  25.07.2018 16:07

Oppo old kameradan voz kechib, orqa panelida sensor ekranli smartfon yaratadi

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization, WIPO) xitoylik smartfonsoz Oppo’ga tegishli patent hujjatlarini e’lon qildi. Unda mutlaqo yangicha dizaynli telefon tasvirlangan.

O‘QING: Yaqindagina betakror smartfon taqdim etgan smartfonsoz navbatdagi flagmanini e’lon qildi

Ushbu smartfonning «yag‘rini»da – korpus orqa panelining yuqori qismida yana bitta sensor ekran mavjud. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ushbu ixcham displey turli ma’lumotlarni aks ettirib turadi; shuningdek, avtoportret suratga olishda ob’yektivga tushgan tasvirni ko‘rsatib turadi.

Mazkur yechim korpusning old yuzasiga o‘rnatiladigan selfi-kameradan voz kechish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mutlaqo romsiz va «kemtik»siz displey qo‘llashga zamin yaratadi.

O‘QING: Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi

E’lon qilingan patent hujjatlarida orqa kamerani joylashtirishning bir nechta variantlari ko‘rsatilgan. Bu yakka ob’yektivli kamera ham, modullari alohida joylashgan qo‘shaloq kamera ham bo‘lishi mumkin.

Oppo kelajakda shunday dizayndagi smartfonni bozorga taqdim etishi mumkin, ammo kompaniya hozircha bunday rejasi borligini aytmagan.

O‘QING: Parijda "rekordchi" Oppo Find X taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!