Oppo uch kamerali smartfonini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  1808
  •  18.08.2018 17:30

Oppo uch kamerali smartfonini namoyish qildi

Oppo kompaniyasi o‘zining tizerli roligida hali rasman taqdim etilmagan Oppo R17 Pro’ni namoyish qila boshladi. Videoda uning o‘ziga xos dizayni, uchtalik asosiy kamerasi bilan namoyon bo‘lgan.

Asosiy modul kamera Samsung Galaxy S9, S9+ va Note 9 smartfonlaridagi kabi o‘zgarib turuvchi ikkitalik    f/1.5-2.4 aperturaga ega bo‘ladi, uchinchisi esa ToF 3D (Time of Flight) toifasiga tegishli. U ob’yektning uzoqligini aniqlaydi va reallikni to‘ldiruvchi funksiya uchun javob beradi.

O‘QING:Gorilla Glass 6 ilk bor OPPO smartfonida qo‘llanyapti, taqdimot keyingi haftada!

Kutilganidek, Oppo R17  2018 yil mart oyida debyut qilingan Oppo R15 o‘rnini egallaydi. Oppo R seriyasiga odatda flagmanlar va o‘rta toifadagilar  o‘rtasidagi smartfonlar kiradi.

Mazkur smartfon old panelning  91,5 foizini tashkil qiluvchi romsiz dizaynga ega bo‘ldi, barmoq izlari skaneri optikali, u to‘g‘ri ekranga o‘rnatiladi. Darvoqe, orqa panelda oddiy skanerga ham ega bo‘lishi mumkin.

O‘QING:Oppo kamerasi 25 Mp bo‘lgan selfifonni namoyish etdi

Oppo R17  6,4-dyuymli displey bilan ta’minlanadi. Displeyning tomonlar nisbati 19:9 va Full HD+ (2280 x 1080 pikselli) formatiga ega. Asosiy qo‘sh kamerasi  16 Mp va old kamerasi 25 Mp. Apparat asosini sakkizyadroli Qualcomm Snapdragon 670 protsessori tashkil etdi. Uning tezkor xotirasi 8 GB va ichki xotirasi 128 GB bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING:Oppo F9 Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

Ikkita SIM-karta, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 5, GPS + GLONASS tizimlari bilan ta’minlangan. Qolaversa,  USB Type-C portiga ham ega. Akkumulyator sig‘imi 3500 mAch bo‘lib, VOOC Flash tezkor quvvatlantirgichi ham bor.

Oppo R17 smartfonining rasmiy debyuti joriy yilning 23 avgustiga rejalashtirilgan.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!