O‘rniga nima keladi: yaqinda smartfonlar ham yo‘qolarmish

  •   Saroy
  •  1496
  •  24.09.2018 14:27

O‘rniga nima keladi: yaqinda smartfonlar ham yo‘qolarmish

Bir kun kelib, albatta tezda emas, lekin siz o‘ylaganingizdan ham ertaroq smartfon o‘ladi — xuddi o‘tmishdagi faksimil apparatlari kabi. Yaqin o‘n yillikda  inson sevimli va qulay gadjetidan ajrala olmaydi, albatta, lekin bu matohga shunchaki zarurat bo‘lmay qo‘yadi. Hozirdanoq, smartfonni  yo‘qotish uchun  tamal toshni  Ilon Mask, Microsoft,  Facebook,  Amazon va son-sanoqsiz unchalik katta bo‘lmagan, lekin ambitsiyasi kuchli startaplar  qo‘ya boshlashdi. Xo‘sh, smartfondan voz kechishga bizni qanday texnologik yangiliklar majbur qilar ekan. Cho‘ntagimizdan smartfon o‘rniga qanday texnik mu’jiza joy olarkan?

Virtual yordamchilar

Insayderlar tarqatgan xabarlarga qaraganda, Samsung Galaxy S8 (hozirdanoq buyurtma bersa bo‘ladi) yangi Bixby virtual yordamchi bilan birga sotuvga chiqariladi. U sizga har bir funksiyani va ilovalarni faqat o‘zingizning ovozingiz bilan nazorat qilishga imkon beradi. Umuman olganda, kompaniya  S8’ni  shunchaki ovoz bilan nazorat qilsa bo‘ladigan yangi ekotizimini ilgari suruvchi qurilma sifatida ko‘rmoqda. Bu endi smartfon emas, balki inson bilan uning atrofini o‘rab turgan texnodunyo o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashning  mutlaqo yangi  konsepsiyasi hisoblanadi.

O‘QING:Yaponiyada “Aqlli shahar” qurildi

Temirdan ekotizim

Navbatdagi iPhone ham kundalik hayotimizga qo‘shimcha reallik olib kelishga mo‘ljallangan. E’tibor bering,  gap qandaydir uzoq kelajak haqida borayotgani yo‘q, balki  ushub  global o‘zgarishlarning barchasi  yaqin ikki yilda sodir bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlardir. Chunki, bunday qurilmalar Amazon Echo, Sony PlayStation VR va Apple  Watch’larda hozirdanoq cheklangan tarzda bo‘lsa-da mavjud. Ammo ekspertlar haqiqiy muvaffaqiyat ushbu qurilmalar bitta ekotizimga jamlangach sodir bo‘ladi deyishmoqda.

Qo‘shimcha reallik

Microsoft, Facebook, Google va  Google tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Magic Leap startapi qo‘shimcha reallikning avtonom garniturasini yaratish ustida ish olib borishmoqda. Ushbu loyiha amalga oshsa ko‘zingizning o‘zida  3D-tasvir paydo bo‘ladi. Gap so‘zlarga qaraganda, Apple ham ushbu loyiha ustida izlanishlar olib bormoqda.

Raqamli nigoh

Microsoft korporatsiyasi xodimi Aleks Kipman  yaqinda Business Insider uchun intervyu berib, shunday dedi, Yaqin orada qo‘shimcha reallik smartfon, televizor va boshqa barcha ekranli gadjetlarning o‘rnini to‘liq egallashi mumkin. Bu mantiqan to‘g‘ri. Cho‘ntagimizdagi alohida bir qurilmadan foyda kam. Agar barcha qo‘ng‘iroqlar, chatlar, filmlar va o‘yinlar to‘g‘ri foydalanuvchining ko‘zida paydo bo‘lsa, bu zo‘rku.

O‘QING:Texnologik jihatdan taraqqiy etgan 10 davlat

Audiogidlar

Hozirda dunyoda eng muhim qurilmalar sifatida Amazon Echo yoki Apple’ning AirPod’i borgan sari muhim o‘rin egallamoqda. Chunki  Apple’ning Siri’si,  Amazon’dan  Alex, Samsung’dan Bixby va  Microsoft’dan Cortan kabi  sun’iy-intellektual tizimlari  shubhasiz yanada aqlli bo‘lib boradi va vaqti bilan,  foydalanuvchi yanada  ko‘zda tasviri paydo bo‘ladigan  audio xabarlarga ko‘proq tayanadigan bo‘lishadi.

Raqamli dunyo

Yaqin vaqtlarda bizning ko‘z oldimizda  raqamli dunyo va real dunyo bo‘y ko‘rsata boshlaydi. Yirik texnologik kompaniyalar  kelajakda agar himoya qilmasak jismoniy olam yangi raqamli reallik oldida qulashini va’da qilishmoqda. «Matritsa» dagi aka-uka vachovskiylar  ham shunga o‘xshash gapni aytishggandi.

Telepatiya

Ana endi haqiqiy ma’noda aqldan ozish boshlanadi. Kuni kecha Teslo kompaniyasining asoschisi, tadbirkor Ilon Mask o‘zining Neuralink deb nomlangan yangi kompaniyasi tashkil etilgani haqida ma’lum qildi. Ilon Mask mutlaqo jiddiylik bilan  shunday deydi. Yaqin yillarda, aniqrog‘i 10 yillardan keyin neyrointerfeys yaratiladi va  u odamlarga bir biri bilan hayolan suhbatlashish  imkonini beradi. Boshqacha aytganda, bizga telepatiyani va’da qilishmoqda. 

O‘QING:Ruhiyat va reallik chegarasi: karomatli tush ko‘rish sabablari aniqlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!