O‘rta narxli bo‘lajak xit – Galaxy A52’ning bu jihati sizga ham yoqmaydi

  •   DiMaX
  •  6357
  •  07.01.2021 16:40

O‘rta narxli bo‘lajak xit – Galaxy A52’ning bu jihati sizga ham yoqmaydi

Samsung kompaniyasining Galaxy A50 smartfoni 2019 yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan telefon edi. 2020 yilda esa uning o‘rniga Galaxy A51 modeli eng bestseller bo‘ldi. Endi bu yilga kelib...

O‘QING: 2021 yilning potensial bestselleri – Galaxy A52 5G ilk suratlarda

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu turkumning navbatdagi vakili – Samsung Galaxy A52 smartfonini ham shunday ommaboplik kutayotganini payqash qiyin emas. Yaqinda uning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan versiyasi – Galaxy A52 4G ham chiqishi ma’lum bo‘lgan – uni allaqachon Geekbench servisida sinab ko‘rishgan.

Quvonarlisi – smartfonning har ikkala versiyasi ham nufuzli chipsoz – Qualcomm protsessorlari bazasida tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, Samsung muxlislarining hafsalasini pir qiladigan yana bir ma’lumot ham tarqaldi.

Yuqoridagi skrinshot Xitoyning 3C regulyatori saytidan olingan bo‘lib, unga ko‘ra, Galaxy A52 5G versiyasi atigi 15 vattlik tezkor quvvatlash uskunasi bilan yetkazib berilar ekan. Demak, uning Galaxy A52 4G talqinida ham bundan ortiq quvvatdagi zaryadchik bo‘lmasligi turgan gap.

Hozir aksariyat kompaniyalar o‘rta narxli smartfonlarini 30 yoki hatto 65 vattlik quvvatlagichlar bilan sotishyapti. Samsung’ning bu ishini esa bu borada orqaga qadam tashlash deb baholash mumkin.

O‘QING: 7 yanvarda chiqayotgan Galaxy M02s allaqachon do‘konda: 5000 mAs batareyali smartfon atigi 137 dollardan! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.