O‘ta arzon Galaxy M01 Core smartfoni chiqdi: siz uni «taniysiz»!

  •   DiMaX
  •  1387
  •  29.07.2020 11:49

O‘ta arzon Galaxy M01 Core smartfoni chiqdi: siz uni «taniysiz»!

Janubiy koreyalik texnogigant kuni kecha Hindistonda o‘zining Galaxy M01 Core rusumli eng arzon smartfonini taqdim etdi. Bu qurilma One UI grafik qobig‘i ostidagi Android 10 Go Edition platformasi bilan ta’minlangan.

O‘QING: O‘ta arzon Galaxy M01s chiqdi: afsuski, Samsung ham Xiaomi’ga ergashibdi!

Lekin aslini olganda, Galaxy M01 Core butkul yangi smartfon emas. Uning xususiyatlari bir hafta avval Indoneziyada namoyish qilingan arzon smartfon – Galaxy A01 Core bilan bir xil bo‘lib chiqdi.

Galaxy M01 Core diagonaliga 5,3 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli, HD+ formatidagi displey bilan ta’minlangan. Ekranning tepasida 5 megapiksellik old kamera, orqa panelda esa 8 megapiksellik datchik va fotochaqnoqni o‘z ichiga oluvchi bosh kamera joylashgan.

Mazkur smartfonning ham texnik ta’minoti asosida MediaTek MT6739 protsessori yotadi. Mazkur chipset maksimal takt chastotasi 1,5 GGs bo‘lgan to‘rtta yadroni hamda PowerVR GE8100 grafik tezlatgichini o‘zida jamlagan.

O‘QING: Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy M31s shu oydayoq taqdim etiladi!

Galaxy M01 Core to‘rtinchi avlod – 4G/LTE uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung uni Wi-Fi (2,4 GGs) hamda Bluetooth 4.2 simsiz aloqa adapterlari bilan ta’minlagan. Qurilmaning korpusida standart shakldagi – 3,5 millimetrlik audiotirqish hamda MicroUSB porti mavjud, lekin daktiloskopi yo‘q. Akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3000 mA/soatni tashkil etadi.

Hindistonda ushbu smartfon bugun – 29 iyuldan boshlab, qizil, qora va ko‘k korpuslarda sotuvga chiqdi. Samsung bu mamlakatda uning 1/16 gigabaytlik tezkor/doimiy xotirali variantini taxminan 70 dollarga, 2/32 gigabaytligini esa 90 dollarga teng narxda sotyapti.

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfonini ham sig‘imdor akkumulyator bilan ta’minlayapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.