«O‘zbektelekom»: 1 yanvardan narxlar 56 ming so‘mgacha pasaymoqda!

  •   DiMaX
  •  3752
  •  25.12.2019 07:00

«O‘zbektelekom»: 1 yanvardan narxlar 56 ming so‘mgacha pasaymoqda!

24 dekabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Kompaniya 2019 yilda qilingan ishlar va 2020 yil rejalari haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi, deb yozadi «Xabar» nashri.

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

Ma’lumot berilishicha, 2019 yil davomida kompaniyaning Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan provayder va operatorlar uchun tashqi kanalga ulanish tariflari narxi 1 Mbit/soniya uchun 85 ming so‘mdan 75 ming so‘mgacha (17 foizga) arzonlashtirilgandi. 2020 yilning 1 yanvaridan esa mazkur tarif 56 ming so‘mgacha (20 foizga) pasayishi kutilmoqda!

O‘zbekistonda 2019 yilda internet xizmatlariga tariflar o‘rtacha 4 baravarga arzonlashdi va simli internet tezligi butun O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun deyarli 2 baravarga oshdi, deyiladi kompaniya bergan ma’lumotda.

O‘QING: Internet tezligi nega ko‘rsatilganidan past? «O‘zbektelekom» rasman izoh berdi!

«O‘zbektelekom» AK bugungi kunda aholi uchun eng yuqori — 100 Mbit/soniya tezlikdagi tarif rejasini taqdim etmoqda. Internet narxi esa 3,5 baravardan ziyodga kamaygan.

Diagramma: «Xabar»

Solishtirish uchun: 2018 yilda kompaniyaning eng yuqori  tezlikdagi tarif rejasi 20 Mbit/soniyadan oshmagan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» mobil aloqa va internetni misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tardi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.