«O‘zbektelekom» Call-markazi sizga yana qanday xizmatlar ko‘rsatadi?

  •   DiMaX
  •  2583
  •  07.02.2020 18:23

«O‘zbektelekom» Call-markazi sizga yana qanday xizmatlar ko‘rsatadi?

«O‘zbektelekom» Call-markazidan qanday ma’lumotlar olishingiz mumkin?

Joriy yilning 7 fevral kuni «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi yangi Call-markazi – Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (QXKYaM)da tanishuv press-turini o‘tkazdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad Kompaniya abonentlariga xizmat ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv haqida jamoatchilikni xabardor qilishdir, deyiladi Kompaniya xabarida.

O‘QING: O‘zbekistonda internet 34 foizga arzonlashib, tezligi ham oshirildi

Press-tur davomida jurnalistlarga tarixiy ma’lumotlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati hamda statistika ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi Call-markazning faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi.

Dastlabki telefon-ma’lumot xizmati Toshkentda 75 yil ilgari paydo bo‘lgan va uni oddiygina qilib «09 xizmati» deb atashgan. O‘sha paytda poytaxt telefon tarmog‘i 5 mingdan ortiq abonentga ega bo‘lgan. «09» xizmatida barcha ishlar qo‘lda bajarilgan: telefonistlar stolida hozirgi ixcham va qulay kompyuterlar o‘rnida maxsus kartotekalar joylashtirilgan, operatorlar ma’lumotlarni ana shu kartotekalardan qidirishgan, barcha ma’lumot-axborotlar faqat qog‘ozda aks ettirilgan.

2003 yildan operatorlarning ish joylari avtomatlashtirila boshlandi. 2009 yil aprel oyida «Protey» kompaniyasining uskunalari asosida «09 xizmati» takomillashtirilib, barcha xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy «Call-markaz»ga aylantirildi. Natija darhol namoyon bo‘ldi, chunki statistik ma’lumotlarni yaxshiroq hisobga olish va tahlil qilish orqali butun tizimning ish faoliyatini yaxshilashga erishildi.

Ma’lumot-axborot markazi negizida Intellektual platforma Call-markazi joriy etilishining eng muhim jihatlaridan biri, shubhasiz, axborot-ma’lumotlar xizmati doirasini kengaytirish va zamonaviy intellektual xizmatlarni joriy etish imkonining yaralishi edi.

Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (QXKYaM)ni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bosqichlaridan biri bu butun respublika bo‘ylab kengaytirish edi. 2014 yilda Respublika hududlarida 13ta Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazlari tashkil etildi. Har bir hududiy Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi 10ta ish o‘rniga va bir daqiqada 60 dan ziyod qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkoniga ega.

«O‘zbektelekom» AK Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi kechayu kunduz faoliyat yuritadi. Call-markaz nafaqat Kompaniya abonentlari qo‘ng‘iroqlariga xizmat ko‘rsatadi, balki autsorsing asosida davlat tashkilotlari, vazirliklar va yirik Kompaniyalarga kelib tushadigan murojaatlarni qayta ishlash bo‘yicha keng miqyosda faoliyat yuritadi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali oyiga 120 mingdan ortiq murojaat kelib tushadi.

Call-markaz tashkil etilgan vaqtda shtatlar soni 129 tani tashkil etgan. Bugungi kunda bu yerda 600 nafardan ziyod operatorlar faoliyat yuritadi. 2018 yilda operatorlar tomonidan 3 589 577 ta qo‘ng‘iroqlarga, 2019 yilda esa 13 701 085 ta qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatilgan.

Bir kunda 40 mingdan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatiladi. 1009 xizmatining o‘zi bir oyda 400 mingdan ziyod abonentlar qo‘ng‘iroqlarini qabul qiladi. Sall-markaz xizmatlariga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.

2019 yilning sentyabr oyida Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazini EATS-254/255 binosidan yangi EATS-242-249 binosiga ko‘chirib o‘tkazish hamda mavjud bo‘lgan uskunalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar yakunlandi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» mobil aloqa va internetni misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tardi!

Hozirgi vaqtda «O‘zbektelekom» AK «SvaXKM» filialining Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi quyidagi turli xizmatlarning keng spektrini taqdim etib kelmoqda:

  1. Axborot-ma’lumotlar xizmati;
  2. Telefonlar ta’miri byurosi – 1086;
  3. Joriy kecha-kunduz uchun ob-havo ma’lumoti – 1001;
  4. Aniq vaqt – 1004;
  5. Virtual ofis – 71 2008080;
  6. Teleovoz berish;
  7. Autsorsing;
  8. Xabardor qilish;
  9. «O‘z hisobingizni biling» – 1058;
  10. Kontent-provayder xizmatlari;
  11. Uzonline texnik ko‘magi – 1084;
  12. Uzmobile texnik ko‘magi – 1099;
  13. Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun onlayn ariza;
  14. 1084, 1086 va 1099 xizmatlari bo‘yicha onlayn muloqot;
  15. Kartalar platformasi – 71-2381717

– «O‘zbektelekom» AK Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi kechayu kunduz 6 smenada ishlaydi va bugungi kunda 600 nafardan ortiq operatorlar faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi Call-markazi rahbari Shahnoza Shukurova. – Biz xodimlarni murojaatlar bilan ishlashga muntazam ravishda o‘rgatamiz va xizmat sifatini yaxshilash uchun zarur texnik choralarni amalga oshiramiz. Shtatimizdagi psixolog doimiy ravishda xodimlarimiz bilan ishlaydi. Mijozlarimizning murojaatlarini imkon qadar tezroq hal qilishga va murojaatlarni qabul qilib, ijrosini munosib ravishda bajarishga intilamiz.

Press-tur davomida jurnalistlarga Call-markaz xizmatlari doimiy ravishda takomillashtirilayotgani, barcha biznes-jarayonlarni raqamlashtirish ishlari faol olib borilayotgani haqida so‘zlab berildi.

Xizmatlarni kengaytirish maqsadida tashabbuskor yosh xodimlardan tarkib topgan ishchi guruh tuzilgan. Guruh a’zolari yangi xizmatlarni ishlab chiqadilar va joriy etadilar, bu esa Call-markazning qo‘shimcha daromadini oshiradi. Hozirgi vaqtda quyidagi yangi xizmatlar ishlab chiqilmoqda:

  1. YHXBB jarimalari haqida axborot xizmati;
  2. Tibbiy bronlash xizmati.

Asosiy vazifa birorta ham qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormay, mijozlarga qulay interfaol shaklda xizmat ko‘rsatishdan iborat, deyiladi xabarda.

O‘QING: Yagona qisqa raqam tizimi joriy etiladi: 112 qisqa raqami haqida eshitdingizmi?