«O‘zbektelekom» internet xizmatlarini mahalliylashtirdi: endi tezlik oshib, narxlar pasayadi!

  •   DiMaX
  •  2951
  •  05.03.2020 12:14

«O‘zbektelekom» internet xizmatlarini mahalliylashtirdi: endi tezlik oshib, narxlar pasayadi!

UZTELECOM ma’lumotlarni qayta ishlash bulutli markazi negizida internet xizmatlarini taqdim etadigan dunyodagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda IT-gigantlarining server uskunalari va ko‘plab xizmatlari mahalliylashtirildi. Bu xususda «O‘zbektelekom» AK o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Speedtest internet tezligi reytingida O‘zbekiston 4 pog‘onaga yuqoriladi!

Bu – butun O‘zbekiston uchun muhim bir voqeadir, deyiladi xabarda. Yirik internet xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliylashtirish internet foydalanuvchilari uchun ushbu xizmatlar tomonidan taqdim etiladigan audio va video kontentlarni, dasturiy ta’minot va boshqa kontentlarni yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.

Loyihani amalga oshirish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Barcha yirik internet xizmatlarining ishini tezlashtirish va ushbu xizmatlarning har qanday so‘roviga tezroq javob berish;
  • Kontentni yuklab olish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish va bu orqali foydalanish samaradorligi oshirish.

Xizmatlarning mahalliylashtirilishi tufayli barcha internet foydalanuvchilari ma’lumotlarni tezroq olish va yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. «Ping» ko‘rsatkichi kamroq bo‘ladi, ya’ni xizmatlarga bo‘lgan har qanday so‘rovga javob/ma’lumotlar olish transmilliy tarmoq orqali amalga oshiriladi va bunda foydalanuvchining so‘roviga javob olish vaqtini qisqartiradi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» xizmatlariga ulanish uchun endi uydan chiqishingiz ham shart emas!

O‘zbekiston hududida xizmatlarning mahalliylashtirilishi xalqaro internet kanalining sezilarli darajada yengillashtirishi ham muhim omillardan biridir. Bu O‘zbekistonning barcha operatorlari va provayderlariga abonentlar uchun yanada arzon va tezkor takliflarni taqdim etish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan respublikaning operatorlari va provayderlari uchun CDN serverlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lgan UZ-IX tarmog‘ining piring tarmog‘i xizmatlari uchun maxsus tariflar ishlab chiqilgan va bu orqali operatorlar va provayderlar o‘z abonentlariga mahalliylashtirilgan internet xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

Shuni ta’kidlash joizki, belgilangan narxlar xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali xalqaro internet-kanal xizmatlari narxidan sezilarli darajada, ya’ni 2-3 baravar past va bu piring tarmog‘iga ulangan respublika operator va provayderlar uchun o‘z abonentlariga jahon darajasidagi eng yaxshi xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» Call-markazi sizga yana qanday xizmatlar ko‘rsatadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!