«Perfectum» arzonlashtirilib, yana savdoga qo‘yildi – uning taqdiri nima bo‘ladi?

  •   DiMaX
  •  2769
  •  19.06.2019 08:48

«Perfectum» arzonlashtirilib, yana savdoga qo‘yildi – uning taqdiri nima bo‘ladi?

O‘tgan oyda «Perfectum» brendi ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Rubicon Wireless Communication» MChJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu mulk narxi pasaytirilib, qayta auksionga qo‘yildi, deb yozadi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

O‘QING: Kutilmaganda «Perfectum» savdoga qo‘yildi!

Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi DUK saytida «Rubicon Wireless Communication» MChJ ko‘chmas mulki qayta sotuvga qo‘yildi. Ochiq auksion «narxni tushirib borish» yo‘li bilan, demping usulida o‘tkaziladi. Mulkning boshlang‘ich narxi 205 milliard 587 million so‘m etib belgilangan. Ushbu mulk sotilishi mumkin bo‘lgan eng past narx 164 miliard 469 million 613 ming so‘m. Auksion shu yilning 27 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Arizalar qabul qilish auksion belgilangan kundan ikki kun oldin to‘xtatiladi.

Toshkent shahrida joylashgan «Rubicon Wireless Communication» MChJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub’yektlaridan biri bo‘lib, bunga qadar narxni oshirib borish yo‘li bilan sotish uchun savdoga chiqarilgan edi.

O‘QING: Auksionda birinchi «chiroyli» mobil raqam 5,3 mln so‘mga sotildi

Eslatib o‘tamiz, «Perfectum» uyali aloqa xizmatini CDMA standartlarida ko‘rsatadi va bunday xizmatlar ko‘rsatadigan operatorlardan eng yirigi hisoblanib, hozirga qadar Respublikamizning barcha viloyatlarida sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2014 yilning oxirlariga kelib, «Perfectum Mobile» savdo belgisining rebrendingi o‘tkazilgan. Yangi brend «Perfectum»ning asosi bu sifatli, ishonchli hammabop uyali aloqa bo‘lib, «Bugun! Abadiy!» («Segodnya! Navsegda!» – «Today! Forever!») shiori ostida insonlarni bir-biriga birlashtirdi. Hozirda kompaniyaning yuz minglab abonentlari mavjud.

Xo‘sh, ertaga auksiondan keyin kompaniyaning faoliyati qay tariqa davom etadi?

Sotuvga chiqarilgan «Rubicon Wireless Communication» MChJ ustav fondidagi 65% ulushini debitor-kreditorlari, aktivlari va 7106 xil turdagi, ya’ni barcha mol-mulklari (bino-inshootlari, avtotransport vositalari, uskunalari va boshqalar)ning tegishli qismini tashkil qilishi nazar tutiladigan bo‘lsa, elektron-onlayn auksion g‘olibi ushbu kompaniyaning eng yirik muassisiga aylanadi. Va umid qilamizki, mazkur aloqa kompaniyasining yanada gullab-yashnashiga hissa qo‘shadi. Chunki mazkur lotning savdoga qo‘ygan buyurtmachining kompaniya faoliyatini davom ettirishiga hech qanday e’tirozi yo‘q.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.