Photoshop ham kerak emas: Remove.bg – orqa fonni bir necha soniyada tozalovchi bepul servis!

  •   DiMaX
  •  3079
  •  24.12.2018 11:59

Photoshop ham kerak emas: Remove.bg – orqa fonni bir necha soniyada tozalovchi bepul servis!

Product Hunt asoschisi Rayan Guver o‘zining Twitter-akkauntida Remove.bg servisiga e’tibor qaratgan. Mazkur sayt ayrim o‘rinlarda Adobe Photoshop o‘rnini bosa oladi.

O‘QING: PSD-fayllarni Photoshop’siz ham ochadigan 5 dastur

Remove.bg onlayn servisining asosiy vazifasi – fotosuratlarda orqa fonni olib tashlashdir. Qulayligi shundaki, bunda siz rasmda biror hududni belgilab o‘tirishingiz shart emas – servisning o‘zi barchasini avtomatik tarzda bajaradi.

Remove.bg saytida orqa fonni belgilab, olib tashlash uchun «sun’iy ong» texnologiyalaridan foydalaniladi. Qo‘shimcha algoritmlar esa mayda detallarning aniqligini yaxshilab beradi.

O‘QING: Xuddi «Simona» filmidagidek: «sun’iy ong» bir necha kishining suratidan «yangi odam yasash»ni o‘rgandi! (video)

Servisdan foydalanish uchun uning saytiga mana bu havola orqali o‘tib, kerakli rasmni yuklash yoki internetdagi suratning URL-manzilini kiritish kifoya. Bir necha soniyadan so‘ng tahrirlangan tasvirni *.png formatida qabul olasiz.

To‘g‘ri, Remove.bg tizimi hozircha faqat portretlarnigina tahrirlay oladi – uning «sun’iy idrok»i odamning siluetini avtomatik aniqlashga qodir. Lekin kelajakda bu texnologiyani rivojlantirishni va’da qilishyapti.

O‘QING: Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!