PlayStation Store’da mavsumiy narxlar arzonlashuvi boshlandi

  •   Saroy
  •  1399
  •  26.07.2018 09:38

PlayStation Store’da  mavsumiy narxlar arzonlashuvi boshlandi

Steam’da yozgi savdo nihoyasiga yetdi. Geymerlar “kerakli” o‘yinlarni allaqachon xarid qilib bo‘lishdi, lekin kredit kartalarni yashirishga hali erta.

Endi PlayStation Store’da narxlar tushirilgan mavsumiy savdo avjiga chiqdi.  Narxi tushirilgan qiziqarli o‘yinlar orasida quyidagilarini keltirish mumkin: GTA5, Nioh, AS: Origins,  Witcher 3, Mortal Kombat XL va Dark Souls 3 Deluxe Edition. Ushbu o‘yinlarni avvalgi narxda emas, balki pasaytirilgan narxlarda bor baraka qilib ketaverasiz. Hatto ikki yil davomida to‘rtta yangilanish olgan No Man’s Sky ham arzonlashtiriladi, u multipleyer bilan ta’minlangan.

O‘QING:Geymerlar yaxshi ko‘radigan Black Shark smartfoni juda alomat chiqib qoldi:

PlayStation Store’da yozgi arzonlashtirilgan narxlar savdosi avgustning oxirgi o‘n kunliklarida tamom bo‘ladi va ayrim o‘yinlar yana avvalgi narxlariga qaytadi.  PlayStation Store’ning ushbu mavsumiy aksiyasi qaysi mintaqalarda amal qilishi haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Ammo, ba’zi bir ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, gap Sharqiy Yevropa mamlakatlari haqida ketmoqda.  

O‘QING:Overwatch geymerlari 12 million dollar yig‘ishdi: mablag‘ ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashishga yo‘naltiriladi