PlayStation uchun DualShock 5: Endi o‘rta barmog‘ingiz ham bo‘sh qolmaydi!

  •   DiMaX
  •  758
  •  27.12.2019 10:54

PlayStation uchun DualShock 5: Endi o‘rta barmog‘ingiz ham bo‘sh qolmaydi!

Sony kompaniyasi o‘zining navbatdagi – PlayStation 5 o‘yin pristavkasini e’lon qilganidan beri uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar asta-sekin tarqalmoqda. Terabayt.uz’da uning render videosi ham e’lon qilingan.

O‘QING: PlayStation 5 va yangi geympadni ilk bor «jonli» rasmda ko‘ramiz!

Sony Interactive Entertainment shu yilning 20 iyun kuni Yaponiyada «Kiritish qurilmasi» uchun patent arizasini bergan edi. 26 dekabrda esa uning hujjatlari tasdiqlanib, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bazasiga kiritildi.

Patentda PlayStation o‘yin konsolida qo‘llashga mo‘ljallangan kontroller tasvirlari aks ettirilgan. Taxminlarga ko‘ra, bu – PS5 uchun tayyorlanayotgan DualShock 5 versiyalaridan biridir. Uning shakli oldingi modellariga o‘xshasa-da, korpusida bir nechta farqlari bor. Old tomonidagi asosiy o‘zgarish – an’anaviy «PlayStation» tugmachasining yo‘qligidir.

Darvoqe, har ikki tomondagi bittadan tugmacha bosim datchigi bilan jihozlangan; ya’ni geympad bu tugmachaning qisman yoki oxirigacha bosilganini farqlab, shunga yarasha funksiyani bajaradi.

O‘QING: TOP-10: 2019 yilning eng zo‘r videoo‘yinlari (The Verge reytingi)

Ikkinchi va asosiy farqi – yangi geympadning orqa panelida joylashgan to‘rtta tugmacha bo‘ladi. Ikki tomonida ikkitadan joylangan bu elementlar o‘yin jarayonini o‘rta barmoq orqali boshqarishga mo‘ljallangan. Patentda ko‘rsatilishicha, bu tugmachalar suriluvchan bo‘ladi, ya’ni geymerning kaft o‘lchamiga ko‘ra ularni orqa panel bo‘ylab yuqoriroq va pastroqqa surib, o‘rta barmoqqa qulay joyga qo‘yish mumkin.

Demak, PlayStation ishqibozlari PS5 chiqishini orziqib kutishlari uchun yana bir sabab tayyor – unda kaftingiz va barmoqlaringizdan yanada unumli foydalanib, o‘yin jarayoniga butkul sho‘ng‘ish imkoni bo‘ladi!

O‘QING: O‘zbekistonlik 5 muvaffaqiyatli kibersportchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!