Pocophone F2 o‘rniga yangi versiyada Pocophone F1 taqdim etgan Xiaomi baribir Mi Play bilan rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  1969
  •  26.12.2018 12:37

Pocophone F2 o‘rniga yangi versiyada Pocophone F1 taqdim etgan Xiaomi baribir Mi Play bilan rekord o‘rnatdi

Xiaomi kompaniyasi kecha arzon flagmanining ikkinchi avlodi – Pocophone F2 smartfonini taqdim etishi kutilayotgandi. Ammo taxminlarning ikkinchisi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi: uning o‘rniga ommabop Pocophone F1 smartfonining maxsus talqini namoyish qilindi.

O‘QING: Pocophone F2 bugunoq chiqishi mumkin: Snapdragon 855 chipli eng arzon flagman! (+suratlar)

Shunday qilib, 25 dekabr kuni Pocophone F1 modelining «zirhli» – kevlar qoplamali Armoured Edition versiyasi yangi – 6/128 gigabaytlik konfiguratsiyada taqdim etildi.

Avvalgi – 8/256 gigabaytlik Pocophone F1 narxi 420 dollar bo‘lsa, uning 6/128 gigabaytlik versiyasi 340 dollarga baholangan.

O‘QING: Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

Bundan tashqari, 24 dekabr kuni Xiaomi o‘zgacha bir rekordni ham Ginnessning Rekordlar kitobiga qayd ettirib qo‘ydi. Ya’ni, bir necha kungina avval rasman taqdim etilgan Mi Play smartfonlarining naq 1005 tasidan animatsiyali mozaika yaratdi. Ya’ni, ulkan mozaikaning qismlari yoqiq holdagi smartfonlarning ekranlarida aks etgan. Balandligi naq 8 metrlik archa shaklidagi ushbu konstruksiya Pekindagi savdo markazlaridan birida o‘rnatildi. Shuningdek, bu smartfonlar ayni vaqtda atrofdagilarga bepul internet ulashib ham turgan.

Xiaomi hammuassisi va rahbari Ley Szyun (Lei Jun) so‘zlariga ko‘ra, rekordga tayyorgarlik ishlari ikki hafta davom etgan. Nafaqat barcha smartfonlarning ulanishi, balki tasvirning to‘liq sinxronizatsiyasiga ham erishishning o‘zi bo‘lmaydi-da.

Darvoqe, rekordda qatnashgan Mi Play modeli hozircha faqat Xitoyda, Armoured Edition versiyasidagi Pocophone F1 esa undan tashqari Hindistondagina rasmiy savdoga chiqarilmoqda. O‘zbekistonda esa oddiy 6/128 gigabaytlik Pocophone F1 smartfonini 2 769 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Umuman, «Xitoycha Apple»ning turli smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.