«Pole Chudes» boshlovchisi Mortal Kombat’da: ikkita kulgigi video

  •   DiMaX
  •  1229
  •  11.03.2020 10:01

«Pole Chudes» boshlovchisi Mortal Kombat’da: ikkita kulgigi video

Animation Decks nomli YouTube-kanal o‘tgan yilning o‘rtasida qiziqarli video e’lon qilgan edi. Unda «Mo‘’jizalar maydoni» – «Pole Chudes» kapital-shousi boshlovchisi Leonid Yakubovich mashhur Mortal Kombat o‘yini jangchisi sifatida chiqadi.

O‘QING: YouTube’dagi reklamadan qancha pul tushayotganini Google ilk bor e’lon qildi

Shu sababli «Vid» telekompaniyasi shikoyat qilib, mazkur rolikni YouTube videoxostingidan o‘chirtirishga erishgandi. U lavha muallifidan 100 ming rubl miqdorida kompensatsiya talab qilgan va, agarda videoni videoxostingda qoldirmoqchi bo‘lsa, har oyda 30 ming rubl to‘lab borishi kerakligini aytgan. Keyinchalik bu videolavha biroz qirqilib qayta joylangan:

Aftidan, «Vid» telekompaniyasi va Animation Decks kanali masalaning huquqiy tomonlari bo‘yicha o‘zaro kelishib olishgan; zero, hozirgacha yuqoridagi rolik ikki yarim million martadan oshiq ko‘rilgan.

O‘QING: 2019 yili YouTube’da eng ommalashgan videolarning uchta reytingi bilan tanishamiz

Endi esa kanalda Leonid Yakubovich ishtirokidagi Mortal Kombat’ning ikkinchi qismi ham e’lon qilindi va bunisi yanada kulgili chiqqan. Birinchi lavhadagi kabi, bunda ham bevosita «Mo‘’jizalar maydoni» davomida boshlovchi aytgan gaplardan qirqib olib, jang sahnalariga kiritib yuborilgan.

Qisqasi, ko‘rmasa bo‘lmaydigan ikkinchi videorolik:

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube’da atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz barcha videolarini shu smartfonda olyapti!