Poygachi, qotil va sportchi: ommabop va pulli uchta o‘yinni bepul o‘ynashga ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  5750
  •  10.04.2020 14:33

Poygachi, qotil va sportchi: ommabop va pulli uchta o‘yinni bepul o‘ynashga ulguring! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli kishilar o‘z uylaridan zaruratsiz chiqmasliklari uchun turli o‘yin studiyalari ham hissa qo‘shishmoqda. Masalan, Android-smartfonlarga ikkita sarguzasht o‘yinni vaqtincha bepul tarqatishyapti, yana Google Stadia servisida ikki oy pulsiz o‘ynash mumkin.

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Kompyuter o‘yinlari va dasturlari onlayn servisi – Steam hamda Ubisoft kompaniyasi ham ushbu haftaning dam olish kunlari uchta o‘yinni vaqtincha bepul o‘ynash imkonini taqdim etmoqda.

Bulardan birinchisi The Crew 2 nomli poyga o‘yini bo‘lib, uni kompyuterlarda va PlayStation 4 o‘yin pristavkalarida naq 14 aprelgacha bepul o‘ynashingiz mumkin. Bu o‘yinda Amerikaning panoramali manzaralaridan bahra olish, uzun magistral yo‘llar bo‘ylab poygada qatnashish, motorli qayiqlarda dengizda suzish va hattoki samolyotni boshqarib, go‘zalliklarga qush parvozi yuksakligidan nazar solish imkoni mavjud.

The Crew 2 poygasini bepul o‘ynash uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz, shuningdek, mazkur aksiya mobaynida bu o‘yinni 75 foizlik aksiya bilan xarid qilishingiz ham mumkin.

O‘QING: Sovrin fondi 60 million so‘mlik onlayn kibersport musobaqasiga marhamat!

SteamDB sayti esa ikkita o‘yinni vaqtincha tekin o‘ynash imkonini bermoqda va bulardan birinchisi – stels-ekshen janridagi Hitman hisoblanadi. Uning birinchi qismidagi barcha epizodlarda 9–12 aprel kunlari o‘zingizni sinab ko‘rsangiz bo‘ladi. Buning uchun ushbu havola orqali o‘tasiz.

Bulardan tashqari, yana NBA 2K Playgrounds 2 o‘yinini ham vaqtincha bepul o‘ynash imkoni mavjud. Nomidan ham anglashilib turganidek, bu – basketbol simulyatori bo‘lib, naq 16 aprelgacha to‘lovsiz o‘ynasa bo‘ladi. Demak, sport ishqibozlari mana bu havola yordamida o‘yin sahifasiga o‘tib, o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!