Puldan ham muhim narsalar bor: Google Pentagonning 10 milliard dollaridan voz kechdi

  •   Saroy
  •  763
  •  11.10.2018 13:16

Puldan ham muhim narsalar bor: Google Pentagonning 10 milliard dollaridan voz kechdi

Kompaniya AQSh mudofaa vazirligi uchun ma’lumotlarni bulutli saqlash omborini yaratish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha e’lon qilingan tenderda ishtirok etishdan bosh tortdi. Bunga  mazkur loyihaning birinchi navbatda etik tamoyillarga to‘g‘ri kelmasligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

JEDI (Joint Enterprise Defense Infrastructure cloud «Djeday», deb ham ataladi) loyihasi  Pentagon uchun bulutli ombor yaratishni ko‘zda tutadi, unda sun’iy intellekt elementlari mavjud va mudofaa vazirligining barcha ma’lumotlari shu omborda joylashtiriladi. Ushbu “Harbiy bulut” yaratish loyihasida Amazon, Oracle, IBM va Microsoft kompaniyalari ishtirok etishini allaqachon ma’lum qilgandi. Dastavval, ushbu kompaniyalar orasida  Alphabet kompaniyasi ham bor edi, Google uning tuzilmasiga kiradi, lekin tenderda ishtirok etishdan voz kechganini e’lon qildi.

O‘QING:Google xavfsiz qidiruvda ham bolalarga yarim yalang‘och pornoaktrisalarni ko‘rsatyapti

Alphabet vakillari ushbu qaroriga bir qancha sabablarni keltirishdi. Birinchidan, harbiylar bilan birga ishlash kompaniyaning etik tamoyillariga ziddir. Yaqinda Google xodimlarining noroziligi ham shunday qaror qabul qilinishiga asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ular Pentagon bilan harbiy ishlanmalarda hamkorlik qilishni istamagandilar. Quyidan qilingan bosim tufayli kompaniya rahbariyati «Don"t be evil» («Yovuz bo‘lma») shiori haqida eslab qolishdi va Project Maven loyihasini ham yopishdi (ushbu loyiha AQSh armiyasi uchun sun’iy intellekt yaratishni ko‘zda tutgandi).

10 milliardni rad etishning yana bir sababi  (Tender g‘olibi shuncha pullik shartnomaga ega bo‘ladi) — shartnomada alohida punktlar kiritilgani, uni bajarish uchun Google kompaniyasida AQSh hukumatining tegishli sertifikati yo‘q.  Ammo Alphabet rahbariyati Pentagon bilan barcha aloqalarni uzib tashlamoqchi emas:  xolding vakillarining ta’kidlashicha, ular agar Pentagon  loyihani bir nechta kompaniyalar orasida taqsimlasa uning bir qismini boshqa podryadchilar bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin ekan.

O‘QING:Google pochtasining «intellektual» funksiyasi foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!