Putin so‘z berdi: «Telegram yopilmaydi!»

  •   DiMaX
  •  1116
  •  08.06.2018 10:21

Putin so‘z berdi: «Telegram yopilmaydi!»

Keyingi oylarda Telegram messenjerining Rossiyada bloklanishi bilan bog‘liq mojarolardan xabaringiz bor. Roskomnadzor cheklashga qancha urinsa ham, mazkur servis turli yo‘llar bilan to‘siqni aylanib o‘tib, baribir ishlamoqda.

O‘QING: Rossiyada Telegram bloklanishining asl sababi oshkor bo‘ldi

Kuni kecha «Pryamaya liniya» ochiq muloqotida Rossiya Federatsiyasi prezidentiga videobloger Husayn Hasanov (Guseyn Gasanov) murojaat etib, ijtimoiy tarmoqlar va servislar yopilish-yopilmasligi haqida savol berdi. Unga javoban Putin, Rossiya hukumati bunday qilmoqchi emasligini aytdi.

Videobloger prezidentdan, Instagram va YouTube bloklanishi bilan bog‘liq vaziyat haqida so‘radi. Putin bunga javoban shunday dedi: «Biz hech nimani yopmoqchi emasmiz. Men Telegram atrofidagi vaziyatdan juda yaxshi xabardorman. O‘z o‘rnida, men kishilarning xavfsizligidan xavotirlanaman. Huquq-tartibot idoralari vakillari menga, Sankt-Peterburg metrosidagi portlashlardan keyin ular terrorchilarning yozishmalarini kuzata olmaganliklari va qaror qabul qilolmaganliklarini aytishdi. Terrorchilar esa bundan foydalanishmoqda».

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Putin shuningdek, bu kabi muammolarning yechimi sifatida taqiqlar qo‘llanishini ma’qullamasligini ta’kidladi. U shunday dedi: «Eng osoni – taqiqlash, madaniyatli usullarda hal etish qiyinroq. Shu bois men huquqbuzarliklarga qarshi kurashda zamonaviy vositalardan foydalanishning ayni shu yo‘lidan yurishni tavsiya etaman. Erkinlik hududini cheklamasdan, shu jumladan – internetda ham».

Aytish kerakki, mamlakatimizda ham Telegram messenjeri juda ommalashgan, ammo ayrimlar uning imkoniyatlaridan g‘araz maqsadlarda foydalanishga urinishlari kabi holatlar ham uchrab turibdi.

O‘QING: Telegram’dagi tovlamachilar: namanganlik adminlar jinoyat ustida qo‘lga olindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!