Qaysi Xiaomi smartfoni birinchi bo‘lib Android P’gacha yangilanadi?

  •   DiMaX
  •  1818
  •  06.08.2018 08:40

Qaysi Xiaomi smartfoni birinchi bo‘lib Android P’gacha yangilanadi?

Google mobil operatsion tizimi to‘qqizinchi avlodining ilk versiyasi – Android P DP 1 joriy yilning mart oyida chiqqan, yaqinda uning so‘nggi – to‘rtinchi beta-talqini taqdim etilgan edi. Mashhur insayder Evan Blass esa, yakuniy Android P taqdim etiladigan sanani ham aytgan.

O‘QING: «Pistali muzqaymoq»: yakuniy Android P taqdimot kuni ham ma’lum!

Xo‘sh, O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan Xiaomi kompaniyasining smartfonlaridan qaysi biriga Android P yangilanishi birinchi bo‘lib keladi? Mazkur savolga korporatsiyaning MIUI grafik qobig‘i dasturchilar jamoasi javob bergan. Qizig‘i – Android P yangilanishi birinchi bo‘lib qabul qiluvchi smartfon Xiaomi’ning so‘nggi flagmanlaridan biri emas ekan!

Ishlab chiquvchilarning tasdiqlashlariga ko‘ra, to‘qqizinchi avlod Android talqinidagi proshivka ayni damda Xiaomi Mi Mix 2s smartfoni uchun tayyorlanmoqda. Ammo uning bu tizimgacha qachon yangilanishi hozircha aytilmayapti. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Android 9 P operatsion tizim talqini umuman betakror! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.