QIZIQ: allaqachon Mate 20 Pro’da ishkal chiqdi, lekin bunga Huawei emas, balki LG aybdor!

  •   DiMaX
  •  1212
  •  03.11.2018 17:24

QIZIQ: allaqachon Mate 20 Pro’da ishkal chiqdi, lekin bunga Huawei emas, balki LG aybdor!

Huawei kompaniyasi yaqinda o‘zining Mate 20, Mate 20 Pro va Mate 20X flagmanlarini taqdim etgandi. Bulardan “Pro” versiyasi savdosi boshlanganidan bir necha kun o‘tib, foydalanuvchilardan shikoyatlar kelib tusha boshladi.

O‘QING: Huawei eng yangi - Mate 20 va Mate 20 Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi

Xabarlarga qaraganda, ayrim Mate 20 Pro ekranlarining chekkalarida yashil (ba’zan – sariq) rangli dog‘lar paydo bo‘la boshlagan. Ayniqsa, displeydagi to‘qrang fonda va kam yoritilgan sharoitlarda yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.

Buning ustiga, ayni shu muammodan nolib murojaat etuvchilarning soni ham kun sayin oshib borayotir. Huawei esa ularga kompaniyaning servis markazlariga murojaat etishni tavsiya qilmoqda.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Ta’kidlash kerakki, rasmiy forumlaridan birida Huawei vakili bunday degan:

«Mate 20 Pro modelida sanoatdagi eng yaxshi qayishqoq OLED ekran qo‘llanadi, uning bukilgan chetlari vizual makonni kengaytirish va qamrab olish qulayligini oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Bu turli burchak ostida qarashda ranglarning salgina o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Kam yoritilgan sharoitlarda va ekran foni sifatida to‘qrang tasvir qo‘llanganida bu farq kuchliroq namoyon bo‘lishi mumkin».

To‘g‘ri, kompaniya vakili buning norasmiy izoh ekanini ham qistirib o‘tgan.

Keyinchalik aniqlanishicha, bu yerda gap ekranning ishlab chiqaruvchisida ekan. Huawei Mate 20 Pro uchun displeylarni ikkita kompaniya – LG Display hamda BOE yetkazib bermoqda. Yuqorida ta’kidlangan muammo esa faqatgina LG Display ekrani o‘rnatilgan flagmanlarda uchramoqda.

O‘QING: Huawei’ning Xiaomi Mi Mix 3’ga javobi – 6 kamerali Honor Magic 2 slayderi chiqdi!