Qoyilmaqom Galaxy Note 9’ni videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2045
  •  05.04.2018 15:56

Qoyilmaqom Galaxy Note 9’ni videoda ko‘ramiz!

Janubiy koreyalik texnogigantning bu yil fevralda taqdim etgan Galaxy S9 hamda S9+ modellari uning o‘zi uchun ham, foydalanuvchilar uchun ham kutilgan natijani bermadi. Bu qurilmalar Samsung fanatlari orziqib kutgan texnologiyalarga ega bo‘lmay chiqdi, tag‘in ularning savdosi ko‘ngildagidek ketmayotgani esa kompaniyaga xush kelmayapti.

O‘QING: Galaxy S9’ni xitoylik smartfon GeekBench’da mag‘lub etdi (+«jonli» surat)

Shundan kelib chiqib, tahlilchilar bitta fikrni ilgari surayotirlar: Samsung endi bor kuchini «yangi umid» – Galaxy Note 9 fabletiga sarflaydi. Shunday taxmin bilan ayrim dizaynerlar mazkur qurilmaning konsept suratlari va hatto videoroliklarini ham tayyorlashmoqda. Shulardan biri – DBS DESIGNING kompaniyasi taqdim etgan konsept ancha qiziqarli chiqqan.

Ularning fikriga ko‘ra, mazkur fabletning to‘qqizinchi avlod vakilining korpusi Galaxy Note 8 modelidan ham ko‘ra «qo‘polroq», dumaloqlanmagan burchaklarga ega bo‘ladi.

Smartfonning orqa tomonida o‘zgarish bo‘ladi – daktiloskopik datchik u yerga joylanmaydi. Dizaynerlarning taxminicha, Galaxy Note 9 modelida barmoq izi skaneri old panelga ko‘chiriladi. Bu esa, ushbu fabletda mazkur sensor bevosita displeyning o‘ziga integratsiya qilinishi haqidagi so‘nggi mish-mishlarga hamohangdir.

Aytish kerakki, janubiy koreyaliklarning kutilayotgan fableti ham Galaxy S9 modelida qo‘llangan protsessorga tayanadi. Buni yaqinda Geekbench servisida o‘tkazilgan test natijalari ham tasdiqlab turibdi.

O‘QING: Samsung ham shoshib qoldi: Galaxy Note 9 allaqachon benchmarkda «ko‘rindi»!

Gapning qisqasi, Galaxy Note 9 samaradorligi uchun, qaysi bozorga taqdim etilishiga qarab, Qualcomm Snapdragon 845 yoki Exynos 9810 protsessori mas’ul bo‘ladi. Tezkor xotirasining hajmi 6 gigabaytni tashkil etuvchi ushbu gadjet Android operatsion tizimining 8.1 – Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Mana, Samsung Galaxy Note 9 smartfoni uchun DBS DESIGNING dizaynerlari taqdim etgan konsept-videoni tomosha qilamiz:

O‘z an’anasidan biroz chekingan holda, Samsung ushbu fabletini avgustning boshida, yoki hatto iyulning oxirrog‘ida ham taqdim etishi mumkin. Janubiy koreyalik korporatsiya bu bilan ikki jihatdan yutadi. Avvalo, ko‘ngildagidek sotilmayotgan Galaxy S9 o‘rniga bu fablet yaxshiroq daromad keltira boshlaydi. Qolaversa, Galaxy Note 9 «ashaddiy raqib»ning keyingi avlod iPhone’laridan oldin savdoga chiqarilib, bozordan o‘z ulushini olishga ko‘maklashadi.

O‘QING: iPhone bilan raqobatlashish uchun Galaxy Note 9’ni muddatidan oldin chiqarishmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!