Qualcomm ikkinchi avlod 5G-modemi – soniyasiga 7 gigabit ma’lumot almashuvchi Snapdragon X55’ni taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  544
  •  20.02.2019 10:38

Qualcomm ikkinchi avlod 5G-modemi – soniyasiga 7 gigabit ma’lumot almashuvchi Snapdragon X55’ni taqdim etdi!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ishlovchi smartfonlarga mo‘ljallangan ilk modem Snapdragon X50 edi. Qualcomm endi uning ikkinchi avlodi – Snapdragon X55 modemini rasman namoyish qildi.

O‘QING: Huawei rekord darajada tezkor 5G-modem hamda 5G-router namoyish etdi

Hali 5G-smartfonlar ommalashmay turib taqdim etilgan ikkinchi avlod modemining asosiy o‘ziga xosligi – soniyasiga 7 gigabit tezlikda ma’lumot almasha olishidir. Snapdragon X50 modemida esa bu ko‘rsatkich birmuncha past – 5 Gbit/soniyagacha.

Snapdragon X55 – multirejimli modem, ya’ni u 5G’dan tortib 2G’gacha bo‘lgan barcha uyali aloqa tarmoqlarida ishlay oladi.

O‘QING: Hali 5G tarmog‘i joriy etilmay turib, LG allaqachon 6G-internet ustida ishlamoqda!

Bundan tashqari, Snapdragon X50 faqat smartfonlar va Wi-Fi ulanish nuqtalariga mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchi avlod modemining qo‘llanish ko‘lami ancha keng. Uni flagman smartfonlar va Wi-Fi ulanish nuqtalaridan tashqari, oddiy kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, to‘ldirilgan reallik qurilmalari va avtomobil tizimlarida ham ishlatish mumkin.

Qualcomm yaqin orada o‘z hamkorlariga Snapdragon X55 modemlarini jo‘nata boshlaydi. Ummo u bilan qurollangan flagmanlar hali yilning oxirlariga boribgina taqdim etilishi mumkin.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!