Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  3593
  •  03.07.2018 16:27

Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?

Yangi raketa-tashuvchi Marsga ilk parvozini 2022 yilda amalga oshiradi, deydi  SpaceX kompaniyasi  rahbari Ilon Mask.

Amerikalik tadbirkor, SpaceX asoschisi Ilon Mask yangi, o‘ta og‘ir raketa ustida ish olib bormoqda. Uning rejasi bo‘yicha, raketa 2022 yilda Qizil sayyoraga jo‘nab ketishi kerak. Raketa-tashuvchi hozircha BFR kod nomini olgan. Konstruktorlarning so‘zlariga qaraganda, raketa tarixdagi eng qudratli uchar jism bo‘ladi va SpaceX hamda NASA tomonidan shu vaqtgacha yasalgan barcha raketalardan zo‘ri bo‘ladi.

O‘QING: SpaceX tarixda ilk bor 1 raketani 2 marta fazoga uchirishga erishdi

Ushbu qurilmadan yo‘lovchilarni va yuklarni Marsga va boshqa osmon jismlariga eltish, shuningdek yana  Yerga tezda qaytishda foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Raketani qurish bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or kompaniyalar shug‘ullanmoqda. Lekin, hali birortasi odamlarni Mars yoki boshqa sayyoralarga yetib borish kafolatini berolgani yo‘q. 

Mo‘ljallanayotgan parvozda yuzaga keladigan muammolarning eng asosiylaridan biri – bu radiatsiyadir. U qo‘shimcha himoyani talab qiladi. Bunday himoyaning har bir kilogrammi – bu 100 kilogramm parvoz massasi deganidir va raketani uchirish uchun ketadigan yoqilg‘i ham, tabiiyki  ortadi.

O‘QING: Hyperloop – tezyurar transport olamidagi inqilob

Hozircha sayyoramiz orbitasi tashqarisida missiyani amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan muhandislar, radiatsiya ta’siridan himolanish ustida ish olib borar ekan, biz AiF.ru infografikasiga nazar tashlaymiz. Xo‘sh, hozirda bizga ma’lum bo‘lgan koinot apparatlari turli sayyoralarga qancha vaqtda yetib boradi?

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!