Ramazon oyi uchun Ucell yangi xizmatlar taklif etmoqda

  •   DiMaX
  •  1355
  •  21.04.2020 08:46

Ramazon oyi uchun Ucell yangi xizmatlar taklif etmoqda

Mobil aloqa operatorlari kirish bepul qilgan saytlarning ro‘yxatini taqdim etganimizdan so‘ng ham ular o‘z abonentlariga boshqa imtiyozlar berishgan. «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qilgan, Beeline ham shunday yo‘l tutgan. Ucell abonent to‘lovisiz tarifiga o‘tish imkonini va unda bepul to‘plamlarni taqdim etgan...

O‘QING: Oylik internet-to‘plamlarni 30 aprelgacha yarim narxida olib ulguring!

Ucell aloqa operatori «DIGITAL INNOVATION TECHNOLGY SYSTEMS» MChJ bilan hamkorlikda Ramazon oyi uchun xizmatlarni taqdim etadi.

Ushbu xizmatga quyidagilar kiradi:

Namoz o‘qish vaqti – foydalanuvchilarni poytaxtda yoki ular tomonidan tanlangan boshqa hududiy markazda namoz o‘qish vaqti haqida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan xizmat.

Ramazon oyi haqida qiziqarli ma’lumotlar – foydalanuvchilarga Ramazon oyi haqida SMS orqali qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etuvchi servis.

Ro‘za tutish vaqtining boshlanishi va tugashi – Poytaxtda yoki tanlangan hududiy markazda ro‘za tutish vaqtining boshlanishi va tugashi haqida xabardor qiluvchi servis.

Ramazon uchun foydali maslahatlar – Ramazon oyiga taalluqli foydali maslahatlarni SMS orqali taqdim etuvchi servis.

Xizmatlar haqidagi batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali Ucell saytidan olish mumkin.

Eslatma: 23.04.2020 dan 30.04.2020 sanasigacha Ramazon oyi uchun xizmatlar barcha abonentlarga oylik to‘lovisiz taqdim etiladi. 2020 yil 30 apreldan boshlab, abonent to‘lovi avtomatik ravishda obunasi faol bo‘lgan barcha abonentlardan xizmat shartlariga muvofiq yechiladi.

O‘QING: Ucell umuman to‘lovsiz tarifiga o‘tish imkonini va unda bepul to‘plamlarni taqdim etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.