Rasman: Huawei smartfonlari HongMeng tizimiga o‘tmasdan, Android’da qoladi! Lekin...

  •   DiMaX
  •  1316
  •  20.07.2019 12:29

Rasman: Huawei smartfonlari HongMeng tizimiga o‘tmasdan, Android’da qoladi! Lekin...

Huawei kompaniyasi o‘z qurilmalari uchun nafaqat Android, balki hatto iOS’dan ham zo‘r bo‘lgan HongMeng operatsion tizimini tayyorlamoqda. Xalqaro bozorga uning Oak OS yoki Ark OS nomi bilan chiqishi kutilayotgan edi, lekin...

O‘QING: Huawei o‘z operatsion tizimi uchun umuman yangi nom tanladi

Biroq kompaniya o‘z smartfonlariga mazkur tizimni o‘rnatmaydigan, ularni Android’da qoldiradigan bo‘ldi. Bu to‘g‘rida Huawei katta vitse-prezidenti hamda direktorlar kengashining a’zosi Ketrin Chen (Catherine Chen) ma’lum qilgan.

Chen xonimning bayonotiga ko‘ra, HongMeng tizimi sanoatda qo‘llashga mo‘ljallangan. Ya’ni – marshrutizatorlar, planshetlar, kompyuterlar, televizorlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va hatto transport vositalarida. Biroq smartfonlarga bu tizim o‘rnatilmaydi, deyapti kompaniya vakilasi.

Demak, Huawei smartfonlari o‘sha-o‘sha Android tizimida qoladi. Ketrin Chen o‘z kompaniyasining bundan keyin ham Google bilan hamkorlikni davom ettirishini ta’kidlamoqda.

O‘QING: Huawei’ni Android’dan mahrum etsa, Google o‘zi nimalarni yo‘qotadi?

Lekin masalaning boshqa jihati ham bor – mazkur qaror hozircha bir tomonlama bo‘lib turibdi. AQSh prezidenti Huawei’ni «afv etish»ga va’da bergan bo‘lsa-da, bu borada hali birorta hujjat imzolangani yo‘q – barchasi faqat so‘zda bo‘lyapti. Roppa-rosa bir oydan keyin, ya’ni 19 avgust kuni esa Tramp belgilagan imtiyozli muddat tugaydi, shundan so‘ng Amerika kompaniyalari xitoylik ishlab chiqaruvchilarga texnologiya va butlovchi qismlar sotish uchun AQSh hukumatining maxsus ruxsatini olishlari kerak bo‘ladi. Ya’ni, agar ruxsat bo‘lmasa, Huawei o‘z gadjetlarini Google servislari va operatsion tizimi bilan chiqara olmaydi.

Shu bir oy mobaynida Tramp o‘z so‘zida turib, va’dasini hujjat tarzida rasmiylashtirishiga umid qilish mumkin, xolos. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

Ta’kidlash kerakki, Tramp qaroridan qat’i nazar, hozirgacha chiqarilgan Huawei smartfonlarida Android tizimi ishlayveradi. Ulardan ayrimlarini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei chekinmoqchi emas: Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Honor smartfonlari rasmiy ro‘yxati

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.