Rasman: Meizu 16s smartfoni NFC’li bo‘lib, simsiz ham quvvatlanadi

  •   DiMaX
  •  785
  •  23.11.2018 18:36

Rasman: Meizu 16s smartfoni NFC’li bo‘lib, simsiz ham quvvatlanadi

Meizu 16th smartfoni butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham hali yaqindagina rasman savdoga chiqarilgan. Internetda esa allaqachon bu flagmanning keyingi avlodi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda, hatto uning suratini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Meizu 16s ham Galaxy S10 va Mi 9 darajasida kuchli bo‘lyapti!

Endi esa ushbu modeldagi qurilmasi haqida kompaniya prezidenti Xuan Chjan (Huang Zhang) shaxsan o‘zi ma’lumot berdi. Uning e’lon qilishicha, keyingi yilda Meizu 16s modeli taqdim etiladi. U hozirgi avlod flagmanining dizaynini to‘lig‘icha saqlab qolsa-da, «ichki dunyosi» yanada ilg‘or bo‘ladi.

Jumladan, Meizu 16s yanada ilg‘or mobil platforma, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli, shuningdek, simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlanadi. Uning uch modulli asosiy kameraga va asosiysi – Qualcomm kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan, eng ilg‘or Snapdragon 8150 protsessoriga ega bo‘lishi haqida avval ham yozganmiz.

Ayni damda esa, garchi NFC va simsiz zaryadlanish imkoni bo‘lmasa-da, Meizu 16th (yoki Meizu 16) modeli bozordagi eng yaxshi smartfonlardan biridir. O‘zbekiston bozorida esa ushbu flagman eng kuchli Android-smartfonlardan biri ekanligini alohida ta’kidlasak arziydi. Uning 8/128 gigabaytlik talqinini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 150 000 so‘m evaziga xarid qilish imkoni bor. Umuman olganda, ushbu kompaniyaning boshqa rusumlardagi (jami 19 nomdagi) smartfonlarini 952 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Meizu 16 flagmani va bu brendning boshqa smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 16 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!