RASMAN: Samsung to‘rt modulli bosh kameraga ega smartfon taqdimotiga taklif qilyapti!

  •   DiMaX
  •  1414
  •  14.09.2018 13:05

RASMAN: Samsung to‘rt modulli bosh kameraga ega smartfon taqdimotiga taklif qilyapti!

Smartfonsozlikda bosh kameraning qo‘shaloq bo‘lishini iPhone 7 modeli bilan Apple boshlab bergan bo‘lsa, xitoylik texnogigant Huawei P20 Pro flagmaniga naq uchta sensorli kamera o‘rnatdi. Mazkur poygaga qo‘shilgan Nokia esa beshta modulli bosh kameraga ega, eng qimmat smartfonini allaqachon tayyorlagan.

O‘QING: Eng «serkamera» Nokia flagmani yana bir jihatdan rekord o‘rnatyapti!

Janubiy koreyalik texnogigant ham ulardan qolishmaslikka tirishayotgan ko‘rinadi. Bugun – 14 sentyabrda uning rasmiy saytida e’lon qilingan taklifnoma shundan dalolat berayotir. Samsung unda, 11 oktyabrda Galaxy turkumidagi yangi qurilma rasman taqdim etilishini aytgan.

Garchi taklifnomaning o‘zida o‘sha kuni taqdim etilajak model haqida ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, «4x fun», ya’ni «4 karrali quvonch» degan ishora mavjud. Taxminlarga ko‘ra, mazkur oyning boshida tarqalgan mish-mishlardagi – bosh kamerasi to‘rtta sensorga ega Samsung smartfoni shu kuni namoyish qilinadi.

Ammo bu hozircha farazlardan biri, xolos. Yuqoridagi shior ikkita – asosiy va old kameraning qo‘shaloq ekanligiga ishora bo‘lishi ham mumkin. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

Samsung shu kungacha bozorga chiqargan aksariyat rusumlardagi smartfonlar esa Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda. Ular bilan tanishish, o‘zingizga ma’qul modelning xususiyatlarini ko‘rish va onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.