RASMAN: Xiaomi 27 sentyabrda birdaniga beshta «aqlli» devays taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  1071
  •  18.09.2018 16:06

RASMAN: Xiaomi 27 sentyabrda birdaniga beshta «aqlli» devays taqdim etadi!

Xiaomi kompaniyasi beshta yangi «aqlli» qurilma ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Aniqrog‘i, yangi ishlanmalar ko‘p, ammo «xitoycha Apple» ulardan beshtasini 27 sentyabrda rasman namoyish etmoqchi.

O‘QING: iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

Kompaniya e’lon qilgan animatsiyali suratda yangi mahsulotlarga ishora qiluvchi beshta bir xil belgicha takrorlanadi.

«Yurakcha»li belgichaga qaraganda, gap yurak urish chastotasini hisoblovchi fitnes-braslet yoki «aqlli» soat haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Havo oqimini ko‘rsatuvchi belgicha – havo tozalagich, «ko‘z» belgichasi – kamera, GPS belgichasi – treker ma’nosini anglatishini taxmin qilsa bo‘ladi. Ammo «popkorn paketi» sal tushunarsiz, balki kino va tomoshaga aloqador biror gadjetdir...

Darvoqe, Xiaomi’ning ushbu namoyish tadbiri dastlab Hindistonda o‘tkazilishi qayd etilgan. Ehtimol, avval Xitoyda chiqqan mahsulotlarning Hindistondagi rasmiy taqdimoti bo‘lar. O‘zbekistonda esa ularning aksariyatini Terashop.uz internet-magazinidan onlayn tarzda sotib olish mumkin.

O‘QING: Xushxabar: Xiaomi Pocophone F1 yetib keldi, Terashop.uz’dan xarid qiling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.