RASMAN: Xiaomi Mi Mix 3 taqdimoti boshqa kunga qoldirildi

  •   DiMaX
  •  703
  •  16.10.2018 11:04

RASMAN: Xiaomi Mi Mix 3 taqdimoti boshqa kunga qoldirildi

Xiaomi kompaniyasining shu kunlarda eng kutilayotgan smartfoni Mi Mix 3 romsiz slayderi hisoblanadi. Shu paytgacha tarqalgan xabarlarda uning shu kunlarda namoyish etilishi aytilayotgan edi.

O‘QING: Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Lekin bugun – 16 oktyabr kuni Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan rasmiy poster masalaga aniqlik kiritdi. Unda ma’lum qilinishicha, Xiaomi Mi Mix 3 flagmani 25 oktyabrda, «Osmon osti saltanati»ning poytaxti – Pekin shahridagi maxsus tadbirda taqdim etiladi.

Mi Mix 3 modeli bilan birga yana bitta – Xiaomi LEX modeli ham namoyish etilishi aytilayotgan edi, uni ham o‘sha anjumanda ko‘rsatishsa kerak. Ushbu kompaniyaning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!