RASMAN: Xiaomi tez kunlarda yana ikkita mobil qurilmasini namoyish etadi!

  •   DiMaX
  •  1575
  •  20.06.2018 13:19

RASMAN: Xiaomi tez kunlarda yana ikkita mobil qurilmasini namoyish etadi!

Xiaomi kompaniyasi birato‘la ikkita mobil qurilmasining namoyish kunini e’lon qildi. Bular hali yaqindagina ma’lum bo‘lgan Redmi 6 Pro smartfoni hamda o‘tgan yildan beri kutilayotgan Mi Pad 4 planshetidir.

O‘QING: Xiaomi Mi Pad 4 hech bir planshetda bo‘lmagan xususiyat bilan chiqariladi

Redmi 6 Pro devaysi yaqindagina taqdim etilgan hamyonbop Redmi 6 hamda Redmi 6A smartfonlarining birmuncha ilg‘or talqini ekanligi ma’lum. Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi kompaniyasining rasmiy akkaunti orqali e’lon qilingan posterga ko‘ra, u 25 iyun kuni rasman taqdim etiladi.

Shuningdek, insayderlar Redmi 6 Pro’ning «jonli» fotosuratlarini tarqatishgani haqida yozgan xabarimizda bu qurilmaning asosiy xususiyatlari ham ko‘rsatilgan.

O‘QING: Xiaomi ko‘rsatmagan Redmi 6 Pro’ning yoqiq holdagi suratlari ko‘p narsani fosh etdi

Korporatsiyaning ikkinchi posteriga qaraganda, uning Mi Pad 4 plansheti ham ayni shu kuni namoyish etilar ekan. Ammo bu ikkita gadjetning ham narxlari va sotuvga qo‘yilish sanalari hozircha noma’lum.

«Xitoycha Apple»ning to‘rtinchi avlod plansheti – Mi Pad 4 haqidagi ma’lumotlar uncha ko‘p emas. Xabarlarga ko‘ra, u sakkiz yadroli Snapdragon 660 protsessori hamda 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Planshetning asosiy va old kameralari tegishlicha 13 hamda 5 megapikselli bo‘lishini aytishmoqda.

Darvoqe, Xiaomi Mi Max 3 fabletini ham Redmi 6 Pro bilan bir kunda namoyish etilishi kutilayotgan edi. Ammo kompaniya hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

O‘QING: Mi Max 3 surati TENAA’ga chiqdi: iPhone X’ga o‘xshash, ammo ekrani «kemtik»siz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!