Rasmda odamlar orasidan o‘zingizni qidiryapsizmi: Rossiyada shunday xizmat yo‘lga qo‘yildi

  •   Saroy
  •  337
  •  10.10.2018 12:17

Rasmda odamlar orasidan o‘zingizni qidiryapsizmi: Rossiyada shunday  xizmat yo‘lga qo‘yildi

«Tadbirlar uchun Vision» kompyuter nigoh tizimi tadbirlarda ishtirok etib, odamlar orasida tushgan rasmdan o‘zini tez topmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilarga yordam berishi mumkin. Uskuna o‘zida kamerali interaktiv ustunni va Mail.Ru Group’ga qarashli mashina ta’limi algoritmi bazasida ishlab chiqilgan  maxsus ilovani mujassamlashtirgan.

O‘QING:Mail.Ru Group «Amigo» brauzerini rasman yopmoqchi

Ushbu tizim quyidagicha ishlaydi. Foydalanuvchi tadbir oldidan yoki tadbir davomida maxsus ustunda o‘zining rasmini oladi va o‘zining email’ini tuzadi. Tadbir nihoyasiga yetgach uning pochtasiga tizim juda e’tibor bilan to‘plagan suratlari  bulutda bildirishnoma sifatida keladi. Bu xizmat tadbir tashkilotchisi uchun ham foydalanuvchi uchun ham foydalidir.

Mazkur texnologiya  Data Fest, PyCon, RIT++, VK Fest, WarFest, «Texnoatom», «Texnosfera», «Den Vishki» va boshqa tadbirlarda testdan o‘tkazildi.

O‘QING:Mail.Ru Group rahbari robot-texnologiyalar uchun 100 mln dollar ajratadi