Rasmiy ro‘yxat: EMUI 10’gacha yangilanuvchi barcha Huawei smartfonlari

  •   DiMaX
  •  939
  •  02.05.2020 09:32

Rasmiy ro‘yxat: EMUI 10’gacha yangilanuvchi barcha Huawei smartfonlari

Huawei kompaniyasi o‘zining smartfonlari uchun EMUI 10 grafik qobig‘ini o‘tgan yilning avgust oyida namoyish qilgan edi. Hozirgacha bir nechta rusumlardagi qurilmalarga unga tayanuvchi yangi proshivka tarqatilgan.

O‘QING: Huawei chekinmoqchi emas: Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Honor smartfonlari rasmiy ro‘yxati

Xitoylik texnogigant endi EMUI 10 proshivkasini allaqachon olgan va tez orada qabul qiluvchi barcha gadjetlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Demak, quyidagi modellarga allaqachon EMUI 10 proshivkasi tarqatilgan (hududlar bo‘ylab bosqichma-bosqich):

  1. Huawei P30
  2. Huawei P30 Pro
  3. Huawei Mate 20
  4. Huawei Mate 20 Pro
  5. Huawei Mate 20 RS Porsche Design
  6. Huawei Mate 20 X 4G
  7. Huawei Mate 20 X 5G
  8. Huawei P Smart+ 2019
  9. Huawei P smart Pro
  10. Huawei P30 lite (128 GB)
  11. Huawei P smart 2019

Mana bu smartfonlar uchun esa EMUI 10 bazasida proshivka tayyorlanmoqda:

  1. Huawei Mate 20 lite
  2. Huawei P smart Z

Kompaniya yana quyidagi devayslari uchun yangi proshivka tarqatishni rejalashtirgan:

May oyi oxirida: Huawei P30 lite (256 GB)

Iyun oyi o‘rtasida: Huawei Mate 10, Huawei Mate 10 Pro, Huawei Mate 10 Porsche Design, Huawei P20, Huawei P20 Pro

Iyul oyi boshida: Huawei Mate RS Porsche Design

Huawei’ning ta’kidlashicha, ushbu ro‘yxat biror mobil aloqa operatoriga bog‘lanmagan smartfonlarga tegishli; ular uchun apdeytlar tayyorlanishi esa sal ko‘proq vaqt talab etadi.

O‘QING: Android 10 bazasidagi EMUI 10’gacha yangilanmaydigan Huawei va Honor smartfonlari ro‘yxati chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!