Rasmiy video kutilayotgan «beli baquvvat» va hamyonbop Galaxy A21s’ning ayrim jihatlarini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1628
  •  08.05.2020 10:52

Rasmiy video kutilayotgan «beli baquvvat» va hamyonbop Galaxy A21s’ning ayrim jihatlarini ko‘rsatdi

Samsung yaqindagina taqdim etgan Galaxy A21 smartfonining yanada yaxshilangan versiyasi – Galaxy A21s modelini tayyorlaganidan xabaringiz bor. Biz avvalroq uning Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani haqida yozgandik.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A21s – ulkan akkumulyatorli va «ko‘zi o‘tkir» smartfon

Ushbu yangi smartfonning insayderlar taqdim etgan videosini 91mobiles nashri e’lon qildi va uni rasmiy reklama roligi, deyishmoqda. Bu esa Galaxy A21s taqdimotining yaqin ekanligidan dalolatdir.

Yuqoridagi lavha qurilmaning nomini tasdiqlashdan tashqari, ushbu modelning yangi imkoniyatga ega ekanligiga ham ishora qilmoqda. Live Camera nomli mazkur funksiya ijtimoiy tarmoqlarda va YouTube’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyalar olib borish imkonini beradi.

So‘nggi «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A21s ancha «beli baquvvat» – naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Galaxy A21 kvadrokamerasida asosiy modul 16 megapiksellik bo‘lsa, uning S-versiyasi bosh kamerasida endi 48 megapiksellik asosiy datchik qo‘llanmoqda. Shuningdek, uning texnik ta’minoti asosida Samsung hali taqdim etib ulgurmagan Exynos 850 protsessori qo‘llanishi ham aytilmoqda.

O‘QING: Samsung o‘ta arzon Galaxy J2 Core (2020) smartfonini taqdim etdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!