Realme 7 5G taqdimot kuni rasman aytildi: bu qanaqa smartfon?

  •   DiMaX
  •  753
  •  12.11.2020 14:03

Realme 7 5G taqdimot kuni rasman aytildi: bu qanaqa smartfon?

Oppo korporatsiyasining arzonchi brendi o‘zining yangi smartfoni – Realme 7 5G modelini global taqdimotga tayyorladi. Kompaniyaning Buyuk Britaniya bo‘linmasi unga bag‘ishlangan rasmiy poster e’lon qildi.

O‘QING: Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Posterga ko‘ra, Realme 7 5G smartfonining onlayn taqdimot marosimi 19 noyabr kuni, Angliya vaqti bilan soat 10:00 da boshlanadi. Toshkent vaqti bilan bu 15:00 ga to‘g‘ri keladi, tadbirni kompaniyaning Facebook, Twitter va YouTube-sahifalarida real vaqt rejimida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Realme 7 5G butkul yangi model bo‘lmasdan, ishlab chiqaruvchi o‘z yurtida avvalroq taqdim etgan Realme V5 5G smartfonining global versiyasi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, bu – dizayni xitoylik texnogigantning Honor 30 modeliga o‘xshash, lekin uning yarim narxidagi 5G-smartfondir. Uning texnik xususiyatlari bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishish imkoni mavjud.

Realme 7 5G smartfoni Yevropa bozorida qanchaga baholanishi noma’lum, Realme V5 5G uchun esa Xitoyda taxminan 214 AQSh dollariga teng narx qo‘yilgan.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?