Realme V3 taqdim etildi – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon!

  •   DiMaX
  •  2013
  •  03.09.2020 12:54

Realme V3 taqdim etildi – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon!

Oppo korporatsiyasining arzonchi subbrendi 1 sentyabr kuni o‘rta narx toifasidagi Realme X7 hamda Realme X7 Pro smartfonlarini chiqarganidan xabaringiz bor. Bulardan tashqari, Realme jahondagi eng arzon 5G-smartfonni ham namoyish etgan!

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 5G modelini namoyish etdi!

Realme V3 rusumli ushbu qurilma beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi MediaTek Dimensity 720 platformasi bazasida ishlangan. Garchi o‘zi arzon bo‘lsa-da, mazkur smartfon 6/8 gigabayt hajmli LPDDR4x standartidagi tezkor xotira, shuningdek, 64/128 GB hajmli UFS 2.1 toifali doimiy xotira chiplari bilan ta’minlangan.

Qurilmaning yana bir o‘ziga xosligi – uning «beli baquvvat», ya’ni akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, 18 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mazkur smartfonda IPS-matritsali, tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli ekran qo‘llangan. Diagonaliga 6,5 dyuymlik displeyda tasvir aniqligi 1600x720 pikselga teng; uning tomchisimon kemtigiga 8 megapiksellik old kamera joylangan.

Realme V3’ning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri, shuningdek, kvadrat blokda bosh kameraning 13, 2 va 2 megapiksellik datchiklari va fotochaqnog‘i o‘rin olgan. Uning o‘ziga xosliklaridan biri – soniyasiga 60 kadr chastotasida Full HD formatli video yozib olishga qodir.

O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

Oppo Realme V3 smartfonining to‘liq texnik xususiyatlari quyidagicha:

Displey: 6,5'', 1600x720 piksellik

Protsessor: MediaTek Dimensity 720

Tezkor xotira: 6/8 GB, LPDDR4x

Ichki xotira: 64/128 GB, UFS 2.1

Bosh kamera: 13 MP (f/2.2) + 2 MP (makro, 40 mm.dan) + 2 MP (chuqurlik datchigi)

Old kamera: 8 MP

Akkumulyator: 5000 mA/soatlik, 18 Vt

Aloqa: 5G, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 5.0, GPS, GLONASS

Operatsion tizim: Android 10 + Realme UI

O‘lchami: 164,4 x 76 x 8,6 mm

Vazni: 189,5 gramm

Kompaniya Realme V3 modelini ko‘k va oq tusli korpuslarda, 9 sentyabrdan sota boshlaydi. Uni tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra uch xil variantda taklif etishadi va narxlari quyidagicha: 6/64 GBligi – 146 dollar, 6/128 GBligi – 205 dollar va 8/128 GBligi – 237 dollar.

Aytish kerakki, ayni damda Realme V3 dunyoda eng arzon 5G-smartfon bo‘lib turibdi, endi esa yurish navbati Redmi brendida!

O‘QING: Atigi 128 dollarga uch kamerali, 6000mAh batareyali va o‘yinbop protsessorli smartfon chiqdi!