Realme yangi «avtonomlik monstri»ni atigi 108 dollardan sotuvga chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  2435
  •  23.01.2021 13:42

Realme yangi «avtonomlik monstri»ni atigi 108 dollardan sotuvga chiqardi (+video)

Rivojlanayotgan mamlakatlarda flagmanlardan ko‘ra arzon smartfonlar yaxshi ketadi; Realme yoki Redmi brendlarining bunaqa bozorlarni zabt etishining sababi ham shu. Bunday joylarda foydalanuvchilarga telefonning eng ilg‘or texnologiyalarga emas, balki kuchli batareyaga ega bo‘lishi ko‘proq muhim.

O‘QING: OUKITEL F150 chiqdi: 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – atigi 110 dollar! (+video)

OPPO korporatsiyasining arzonchi subbrendi Vetnamda o‘zining yangi arzon smartfoni – Realme C20 modelini taqdim etdi. Ushbu bozorda moviy va kul rang korpuslarda taklif etilayotgan qurilmaning narxi 108 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Realme C20 smartfoni 6,5 dyuymlik IPS-ekranga ega, displeyning tasvir aniqligi HD+ formatida, ya’ni 1600x720 piksellik. Uning tomchisimon kemtigiga 5 megapiksellik selfi-kamera sensori o‘rnatilgan. Bosh kamera blogi kvadrat shaklda bo‘lsa-da, aslida unda bittagina – 8 megapiksellik modul hamda fotochaqnoq mavjud.

Mazkur devays MediaTek Helio G35 protsessori bazasida ishlaydi, unga 2 gigabaytlik tezkor xotira yo‘ldoshlik qiladi. Smartfonning doimiy xotirasi 32 gigabaytlik hajmga ega, yana ikkita SIM-karta slotidan tashqari alohida microSD-karta uchun uyacha ham mavjud.

O‘QING: iPhone 12’lar qadog‘idan aksessuarlarni olib qolish bilan Apple qancha pul tejadi?

Realme C20 modelining afzalliklaridan biri – 5000 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lib, u 10 vattlik quvvat bilan zaryadlanadi. Uning korpusida 3,5 millimetrlik standart quloqchin tirqishi mavjud. Smartfonda simsiz interfeyslardan 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n) hamda Bluetooth 5, yana FM-radio ham bor.

Arzon model bo‘lgani uchun, Realme C20 smartfonida daktiloskop hamda NFC chipi qo‘llanmagan. Kompaniya uni Android 10 operatsion tizim talqini asosidagi Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etgan.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?