Redmi 6 va 6A’ning Xiaomi yashirgan asosiy kamchiligi fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  5025
  •  18.06.2018 10:48

Redmi 6 va 6A’ning Xiaomi yashirgan asosiy kamchiligi fosh bo‘ldi!

Joriy yilning 12 iyunida Xiaomi kompaniyasi o‘zining ikkita yangi hamyonbop smartfoni – Redmi 6 hamda 6A modellarini rasman namoyish etgan edi. Taqdimot marosimida bu qurilmalarning bir qator texnik jihatlari aytilganki, ularning ko‘pligi bois telefonlardan bitta muhim datchik «olib tashlangan»ligini hech kim payqamay ham qolgan.

O‘QING: "Aqlli kamera"li Redmi 6 taqdim qilindi

Ya’ni, Redmi 6 va Redmi 6A modellari o‘z «izdosh»larida mavjud bo‘lgan muhim bir datchik – infraqizil portdan mahrum etilgan. Tabiiyki, mazkur datchik bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab funksiyalar ham bu smartfonlarda mavjud emas.

Ta’kidlash kerakki, Xiaomi smartfonlari bir necha yillardan beri infraqizil port bilan jihozlanib keladi. Shuning sharofati bilan foydalanuvchilar turli maishiy texnika jihozlarini telefonning o‘zidanoq boshqara olishardi. Jumladan, bunaqa smartfonni bir vaqtning o‘zida televizor, konditsioner va boshqa jihozlar uchun boshqaruv pulti tarzida ishlatsa bo‘ladi.

O‘QING: Redmi 6A: Xiaomi'ning eng arzon yangi smartfoni

Lekin «xitoycha Apple» hamyonbop Redmi smartfonlarining oltinchi avlodiga kelib ushbu interfeysdan voz kechganligi yaxshi ish bo‘lmadi. Va undan ham qizig‘i – taqdimot marosimida Xiaomi yangi smartfonlarda infraqizil portning olib tashlanganligi haqida lom-mim demagan!

Qiziq, mazkur korporatsiya bozorda birmuncha o‘z o‘rniga ega bo‘lib, smartfonlari bilan ishonch qozonib olgach, sekin-astalik bilan ayyorlik qilishga o‘tyaptimikan? Darvoqe, «xitoycha Apple» yashirgan yana bitta sir ham o‘tgan hafta oshkor bo‘lgan va bu haqda biz xabar bergan edik.

O‘QING: Xiaomi ko‘rsatmagan Redmi 6 Pro’ning yoqiq holdagi suratlari ko‘p narsani fosh etdi