Redmi Note 10 JE taqdim etildi – brendning suv o‘tkazmaydigan birinchi smartfoni!

  •   DiMaX
  •  1079
  •  06.08.2021 15:08

Redmi Note 10 JE taqdim etildi – brendning suv o‘tkazmaydigan birinchi smartfoni!

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 10 JE rusumli yangi smartfonini taqdim etdi. Uni yapon aloqa operatorlaridan 260 dollar qiymatida xarid qilish mumkin, deya xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

Korporatsiyaning Xiaomi Mi 11 Ultra superflagmani kabi, Redmi Note 10 JE ham chang va namlikdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Smartfon FHD+ sifatli (2400x1080 piksellik), diagonaliga 6,5 dyuymga teng displeyga ega. Gadjet beshinchi avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi bir kristalli Qualcomm Snapdragon 480 protsessori bazasida ishlaydi. Ta’kidlash kerakki, hatto Huawei P50 Pro kamerofonida 5G yo‘q.

Redmi Note 10 JE modeliga 8 megapiksellik old kamera, shuningdek, 48 megapiksellik asosiy kamera o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 4 gigabaytni, ichki xotirasi esa 64 gigabaytni tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi 4800 mA/soatga teng bo‘lib, 18 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

Smartfon o‘lchamlari 163x76x10,3 millimetr bo‘lib, og‘irligi 200 grammni tashkil etadi. Smartfonning yon tomonida barmoq izi skaneri, foydalanuvchi yuzini tanish funksiyasi va NFC moduli mavjud. Qurilma 13 avgustdan sotuvga chiqadi.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini birinchi to‘lqinda mana shu 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari oladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!