Redmi Note 11T Astro Boy nashri

Redmi Note 11T Astro Boy nashri

Xiaomi kompaniyasi bugun o'zining yangi Redmi Note 11T seriyasidagi smartfonlarini Xitoyda taqdim qilishni rejalashtirgan. Kompaniya ulashgan tizer suratlarga qaraganda yangi telefonlar qatori orasida Astro Boy anime seriali qahramonidan ilhomlanib tayyorlangan maxsus nashrdagi smartfon ham bo'ladi.

Redmi Note 11T Astro Boy nashri smartfon qatorining eng top modeli: Pro+ variatida taqdim qilinadi. Smartfon 6.6 dyuymli, 144hz yangilanish tezligiga ega Full HD+ rezolyutsiyasi bilan IPS LCD displeyga ega bo'ladi. Orqa tomonidagi uchlik kamerasining asosiysi Samsung ishlab chiqaradigan ISOCELL GW1 sensori bilan ta'minlangan va u 64MP. Ichkarida esa qurilma Mediatek Dimensity 8100 chipsetiga ega, shuningdek, u 120W tezkor zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi.

Albatta, maxsus nashr Astro Boy'ga asoslangan noodatiy dizayn va qo'shimcha aksessuarlarga ega bo'ladi. Qolgan batafsil ma'lumotlar smartfon bugun Redmi Note 11T seriyasi taqdim qilinganidan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'QING: Xiaomi 13 haqidagi ilk ma'lumotlar