Redmi Note 8'ga qaysi protsessor o‘rnatilishi aytildi

Redmi Note 8'ga qaysi protsessor o‘rnatilishi aytildi

O‘tgan hafta Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 8 Pro modeliga MediaTek protsessori o‘rnatilishi haqida xabar bergandi. Yangi e’lon qilingan rasmiy tizerga ko‘ra lineykaning o‘rtancha modeli Redmi Note 8 boshqa ishlab chiqaruvchiga tegishli platforma ostida ishlaydi.

Tarmoqqa joylangan yangi bannerga ko‘ra, Redmi Note 8 modelining bazaviy versiyasi Snapdragon 655 chipiga ega bo‘ladi. Avvalroq, kompaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmagan bo‘lsa-da, smartfon MediaTek Helio G90 platformasi asosida ishlashi taxmin qilingandi. Yana bir o‘ziga xos farq - asosiy kameraning 48 MPlik (Note 8 Pro’da 64 MP) sensorga egaligi bo‘lgan.

Redmi Note 8

Bunday yechimga kelishning sababi sifatida Redmi rahbari Lyu Veybinning aytishicha, SD660’dan farqli ravishda SD665 protsessori Vulkan 1.1 API’sini qo‘llab quvvatlaydi va energiya sarfi 20 % ga pasaygan. SD665 shuningdek, SI samaradoriligini oshirish hamda turli qiyin amallarni bajarish imkonini beruvchi Hexagon 686 raqamli signal protsessoriga ega bo‘lgan.

Redmi Note 8 Pro

Redmi Note 8 Pro’ning xususiyatlari o‘zgarmagan: qurilma Helio G90T protsessoriga ega bo‘lgan va allaqachon mashxur AnTuTu benchmarkida sinovdan o‘tib 282 910 ball to‘plashga erishgan. Ushbu ma’lumotni mashxur insayder Mukul Sharma ham tasdiqlagan. Taqqoslash uchun, Snapdragon 730’ning natijasi 220 000 ballni tashkil qiladi.

Yangi smartfonlar taqdimoti 29 avgust sanasiga rejalashtirilgan.

O‘QING: Redmi Note 8 Pro'dagi protsessorni Kirin 810 va SD 710 bilan solishtirib ko‘rsatishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!