Rekord hajmli «operativka»ga ega smartfon tayyor!

  •   DiMaX
  •  1699
  •  27.09.2018 15:01

Rekord hajmli «operativka»ga ega smartfon tayyor!

Smartfonlarning ishlash samaradorligini ta’minlashda protsessor bilan birga, tezkor xotiraning ham ahamiyati katta ekanini bilamiz. Ammo buni rad etuvchi fikrlar ham mavjud.

O‘QING: “Yirik “operativka”li smartfon — marketing aldovidir!”

Ayni damgacha bozorga taqdim etilgan modellar orasida bu ko‘rsatkichning eng kattasi 8 gigabaytni tashkil etadi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Oppo kompaniyasi bu borada birinchi rekordchi bo‘lmoqchi. Ya’ni, u o‘zining Find X flagmanini yangi modifikatsiyada tayyorlagan – uning tezkor xotirasi hajmi 10 gigabaytga teng.

Bu haqda mashhur xitoylik insayder Ice Universe ma’lumot tarqatgan. U e’lon qilgan suratda TENAA ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlar aks ettirilgan. U yerda esa 10 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega Oppo Find X qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oppo Find X modeli yuksak texnik xususiyatlarga va original tarzdagi – korpus yuqorisidan surilib chiquvchi mexanizmda joylashgan old kamera tizimiga ega. Uning boshqa jihatlari bilan mana bu xabarimizda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: S9'dan 10 karra yaxshi Oppo Find X arzon narxda sotuvga chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!