Robot Hexa: mitti bog‘bon qisqichbaqami yoki o‘rgimchak?

  •   Saroy
  •  1100
  •  14.07.2018 13:47

Robot Hexa: mitti bog‘bon qisqichbaqami yoki o‘rgimchak?

Robot Hexa haqida avval ham hikoya qilgandik. Qurilma o‘rgimchakka o‘xshaydimi yoki dengiz qisqichbaqasiga, bu haqda ham bahs bo‘lgandi. Uni turli vazifalarni bajarishga dasturlasa bo‘ladi, masalan, dasturchilar  ushbu geksapodni yelkasida gultuvak olib yurishga va kuchi yetkancha gulni parvarishlashga o‘rgatishdi. 

Loyiha asoschilaridan biri Tyansi San (Tianqi Sun) korpusning ustki panelini Exeveriya guli ekilgan tuvak bilan almashtirdi. Robot o‘zi mustaqil ravishda gultuvakni quyosh nuriga olib chiqadi. Gul yetarli darajada yorug‘lik olgach,  Hexa yana soyaga qaytadi.

O‘QING:Yosh millioner kiberkostyum yaratdiAgar tuvakdagi tuproq qurib qolsa, geksapod jizzaki bo‘lib qoladi va o‘ziga e’tibor talab qiladi (tuproq holatini qanday aniqlashi aytilmagan). Ammo, sug‘orishga hojat bo‘lmaganda mitti bog‘bon uy sohibi bilan o‘ynashi, “raqs”ga tushishi mumkin

O‘QING:Qbofly «aqlli» va juda yoqimtoy havo shariRobot yaratuvchilar Vincross kompaniyasini ta’sis etishdi va  endi rasmiy saytda Hexa’ ga buyurtma berish mumkin. Narxi 950 dollar. Bundan bir yil avval Kickstarter’da narx 500 dollardan boshlangan edi.

Tyansi San “gul yetishtiruvchi”  loyihasining barcha tafsilotlarini ochgani yo‘q, ammo tashabbuskorlar gul o‘stirish uchun tuvakni 3D-printerda nusxalab, o‘zlarining versiyasini yaratish imkoniga egalar.

O‘QING:Qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi fikr kuchi bilan boshqariluvchi mashina ixtiro qildi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.