Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

  •   DiMaX
  •  1252
  •  18.12.2020 11:05

Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti dunyodagi eng zo‘r o‘nta smartfon reytingini yangiladi. Oldin bu ro‘yxat 160 modeldagi qurilmani o‘z ichiga olar edi, endi ular safiga yaqinda chiqqan 27 xil rusumdagi telefon ham qo‘shilgan.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (50-hafta)

«Roskachestvo» mutaxassislari fikricha, dunyodagi eng kuchli smartfonlar o‘ntaligi quyidagicha:

  1. Samsung Galaxy S10+
  2. iPhone 11 Pro Max
  3. Samsung Galaxy Note 20 Ultra
  4. iPhone 12 Pro Max
  5. Samsung Galaxy S10
  6. OnePlus 8 Pro
  7. Samsung Galaxy S20
  8. iPhone 12 Pro
  9. Samsung Galaxy Note 9
  10. Samsung Galaxy S20 Ultra

Ko‘rib turganingizdek, Apple’ning eng qimmat iPhone 12 Pro Max smartfoni uning bulturgi iPhone 11 Pro Max modelidan ham, Samsung kompaniyasining Galaxy Note 20 Ultra va hatto o‘tgan yilgi Galaxy S10+ flagmanidan ham pastda!

Ishlab chiqaruvchilar kesimida qarasak, kuchli o‘ntalikdagi naq oltita (shu jumladan – birinchi) o‘rinni janubiy koreyalik gigantning mahsulotlari egallagan. Qolgan pog‘onalarda kupertinoliklarning uchta ayfoni, OnePlus’ning bitta flagmani joylashgan.

«Roskachestvo» ushbu reytingni tuzishda nimalarga asoslangani, har bir modelning test natijalari haqida batafsil bilishni istasangiz, ushbu havola orqali uning saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!