Rossiya maxsus xizmatlari Telegram anonimligini buzib kira olishdi!

  •   DiMaX
  •  1723
  •  09.08.2018 18:34

Rossiya maxsus xizmatlari Telegram anonimligini buzib kira olishdi!

Bilamizki, Telegram messenjeri o‘z foydalanuvchilari uchun anonimlikni, yozishmalarning xavfsizligini mustahkam himoya qilishi bilan tanilgan. Ayni shu sababli – chatlarning shifrlash kalitlarini Rossiya maxsus xizmatlariga bermaganligi bois ham bu kompaniya Roskomnadzor bilan sudlashib yuribdi.

O‘QING: Rossiyada Telegram bloklanishining asl sababi oshkor bo‘ldi

Ammo Rossiyaning Legitimlik tadqiqotlari va siyosiy protest markazi dasturchilari yaratgan «Kriptoskan» dasturi Telegram profili orqali yuzerning shaxsini aniqlash imkonini beradi. «Izvestiya» nashrining yozishicha, ushbu ishlanma kerakli sinovlardan o‘tkazilgan va allaqachon huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyatchilarning shaxsini aniqlash maqsadida qo‘llanmoqda.

«Kriptoskan» mualliflarining so‘zlariga qaraganda, bu dastur Telegram shifrlash tizimida aniqlangan «tuynuk»dan foydalanadi. Foydalanuvchining messenjerdagi niki (nikneymi) orqali u mazkur profil biriktirilgan telefon raqamini topib beradi. Telefon raqamlari esa pasportga bog‘langanligi sababli, politsiya ma’lumotlar bazasi orqali kerakli shaxsni topish aytarli muammo tug‘dirmaydi.

O‘QING: Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

«Izvestiya» tahririyati «Kriptoskan»ning samaradorligiga ishonch hosil qilish uchun, uni yaratgan Markaz dasturchilaridan bitta yuzerning – o‘z muxbirining Telegram-niki bo‘yicha uning shaxsini aniqlashni so‘rashgan. Dastur chindan ham o‘sha profil ochilgan telefon raqamini to‘g‘ri topgan, ammo ism-familiyasi to‘g‘ri kelmagan. Umuman olganda, messenjerda har kim o‘ziga istagan ism-familiya yoki laqabni tanlab yozishi mumkinligini inobatga olsak, bunisi uncha muhimmas.

Telegram jamoasi esa bunga javoban, bunday usulda ushbu messenjer foydalanuvchisini aniqlash imkonsiz ekanini ma’lum qilgan. Voqealar rivojini birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Nima sababdan maxsus xizmatlar Telegram'ni yomon ko‘radilar?